# Banana Shorts — drama, shorts, reels, video

> drama, shorts, reels, video (iPhone/iPad app by Islom Karimov.)

- Source: https://appshunter.io/ios/app/banana-shorts/id6794304214 (this page in markdown: same URL + `.md`)
- Developer: [Islom Karimov](https://appshunter.io/developer/6775154175)
- Category: Photo & Video, Education
- Price: Free
- Age rating: 12+
- Requires: iOS 15.0 · 35 MB
- Languages: American English
- Released: 2026-08-14
- Data updated: 2026-08-18
- User reviews in markdown: https://appshunter.io/ios/app/banana-shorts/id6794304214/reviews.md

## What is Banana Shorts?

Banana Shorts — telefon uchun yaratilgan vertikal qisqa dramalar ilovasi. Har bir qism atigi 1–2 daqiqa: navbatda turganda, yo'lda yoki uxlashdan oldin bir nafasda ko'rib chiqasiz.

QISQA, LEKIN QIZIQARLI
Uzun seriallarni kutishga vaqt yo'qmi? Bu yerda har qism aniq bir voqea bilan tugaydi. Yoqmasa — barmoq bilan surasiz, keyingisi darrov ochiladi.

SIZ UCHUN TANLANGAN LENTA
Ko'rganlaringizga qarab lenta o'zi moslashadi. Yoqtirgan janringiz — drama, jangari, romantika, komediya — tez orada ko'proq chiqa boshlaydi.

TO'XTAGAN JOYINGIZDAN DAVOM ETING
Ilovani yopsangiz ham qaysi qismda to'xtaganingiz eslab qolinadi. «Ko'rishni davom eting» bo'limidan bir bosishda qaytasiz.

KUTUBXONANGIZ
Yoqqan dramani saqlab qo'ying, yoqtirilganlar ro'yxatini yuriting — hammasi profilingizda, qurilmani almashtirsangiz ham saqlanadi.

SHORTS VIP
VIP bilan barcha qismlar ochiq va yangi dramalar birinchi bo'lib sizga chiqadi. To'lov Payme, Click yoki Paynet orqali — hisobingizni to'ldirasiz va istalgan paytda foydalanasiz.

QULAY KIRISH
Telefon raqami, Google, Apple yoki Telegram orqali bir necha soniyada kiring. Parol o'ylab topish shart emas.

TRAFIKNI TEJAYDI
Video sifati va yuklash tarmog'ingizga moslashadi, keshni istalgan paytda profildan tozalaysiz.

Banana Shorts — BananaTV jamoasidan. Savol va takliflar uchun ilova ichidagi «Yordam» bo'limiga yozing.


## Version history (last 1 release)

### 1.0.1 — 2026-08-14

No release notes.

## More apps by Islom Karimov

- [Femly](https://appshunter.io/ios/app/femly/id6505111263)
- [Banana TV](https://appshunter.io/ios/app/banana-tv/id6511229388)
- [Onalik Baxti \| Homiladorlik](https://appshunter.io/ios/app/onalik-baxti-homiladorlik/id6783678790)

All apps by Islom Karimov: https://appshunter.io/developer/6775154175

---

*Data collected daily from the US App Store and indexed by [AppsHunter](https://appshunter.io/). User reviews are verbatim App Store reviews. Ratings, prices and chart positions refresh continuously; this snapshot is from 2026-08-18.*
