# Bell Hamyon

> Bell Hamyon (iPhone/iPad app by Ramzxon Maxmudov.)

- Source: https://appshunter.io/ios/app/bell-hamyon/id6795809937 (this page in markdown: same URL + `.md`)
- Developer: [Ramzxon Maxmudov](https://appshunter.io/developer/1870187298)
- Category: Finance
- Price: Free
- Age rating: 4+
- Requires: iOS 13.0 · 3 MB
- Languages: American English
- Released: 2026-08-12
- Data updated: 2026-08-22
- User reviews in markdown: https://appshunter.io/ios/app/bell-hamyon/id6795809937/reviews.md

## What is Bell Hamyon?

Bell Hamyon — pulingizni nazoratga oladigan shaxsiy moliya ilovasi. Naqd pul, karta va jamg'armani bitta joyda yuritasiz, oy oxirida pul qayerga ketganini aniq ko'rasiz.

Ma'lumotlaringiz FAQAT SIZGA ko'rinadi — rahbar ham, hamkasb ham ko'rmaydi.

OVOZ BILAN YOZISH (AI)
Eng tez usul: telefonga gapiring.
• «Bugun taksiga 15 ming, tushlikka 40 ming ishlatdim»
• «Oylik keldi 5 million»
• «Do'kondan 120 ming so'mlik mahsulot oldim»
AI summani, kategoriyani va kirim/chiqimni o'zi aniqlab yozib qo'yadi. Yozib kiritishni xohlasangiz — «50000 taksi» deb yozsangiz ham bo'ladi.

BALANS VA HISOBLAR
• Naqd, karta, jamg'arma — cheksiz hisob
• Umumiy balans har amaldan keyin darhol yangilanadi
• Hisoblar orasida o'tkazma

KIRIM-CHIQIM
• Kunlar bo'yicha tartiblangan amallar tarixi
• Kategoriya va pod-kategoriyalar (masalan: Kommunal → gaz, elektr, suv)
• Izoh, sana va hisobni tahrirlash; o'chirilganda balans qaytariladi

BYUDJET
• Har bir kategoriyaga oylik chegara
• Yashil–sariq–qizil ko'rsatkich: chegaraga yaqinlashsangiz ko'rinadi
• Pod-kategoriya sarfi otasiga qo'shilib hisoblanadi

QARZLAR
• «Qarz berdim» va «qarz oldim» — kim, qancha, qachongacha
• Qisman yoki to'liq qaytarish, qoldiq avtomatik hisoblanadi
• Muddati o'tgan qarzlar ajratib ko'rsatiladi
• Telefon kontaktlaridan ismni tanlash mumkin
• Qarz harakatlari balansga ta'sir qiladi, lekin oylik kirim/chiqim statistikasini buzmaydi

MAQSADLAR
• «Yangi telefon uchun 5 mln» kabi jamg'arma maqsadlari
• To'plangan foiz va qolgan summa ko'rinib turadi

HISOBOT
• Chiqimlar pirogi: kategoriyani bosib ichini ko'rasiz
• Oxirgi 6 oy kirim/chiqim trendi
• Oylik kirim va chiqim yakuni

QURILMA IMKONIYATLARI
Mikrofon — ovoz bilan amal kiritish uchun. Kontaktlar — qarz yozayotganda ismni tanlash uchun (ixtiyoriy). Ruxsat faqat shu amalni o'zingiz boshlaganda so'raladi.


## Version history (last 1 release)

### 1.0 — 2026-08-12

No release notes.

## More apps by Ramzxon Maxmudov

- [LocoLog](https://appshunter.io/ios/app/locolog/id6758853154)
- [Smart Hisob](https://appshunter.io/ios/app/smart-hisob/id6759279597)
- [Sanoqchi](https://appshunter.io/ios/app/sanoqchi/id6791112384)

All apps by Ramzxon Maxmudov: https://appshunter.io/developer/1870187298

---

*Data collected daily from the US App Store and indexed by [AppsHunter](https://appshunter.io/). User reviews are verbatim App Store reviews. Ratings, prices and chart positions refresh continuously; this snapshot is from 2026-08-22.*
