# Bip: haydovchi bilan aloqa — Stiker, servis, eslatmalar

> Stiker, servis, eslatmalar (iPhone/iPad app by Nodirbek Razzokov.)

- Source: https://appshunter.io/ios/app/bip-haydovchi-bilan-aloqa/id6807042146 (this page in markdown: same URL + `.md`)
- Developer: [Nodirbek Razzokov](https://appshunter.io/developer/1463934950)
- Category: Utilities, Navigation
- Price: Free with in-app purchases
- Age rating: 4+
- Requires: iOS 17.0 · 79 MB
- Languages: American English, Russian, Turkish, Uzbek
- Released: 2026-09-13
- Data updated: 2026-10-29

## What is Bip?

Bip (bip.uz) — mashina egasiga telefon raqamisiz xabar yuborish ilovasi. Oynangizga Bip QR stikerini yopishtirasiz: mashinangiz yo'lni to'sib qo'ysa, fari yoniq qolsa yoki signalizatsiya chalinsa, istalgan odam QR ni skanerlab sizga xabar yuboradi yoki qo'ng'iroq qiladi. Raqamingiz hech kimga ko'rinmaydi. Bip'ni yuklab oling, stikerni uch qadamda ulang — oyna ostidagi qog'ozlar bilan xayrlashing.

Bip'da signal, qo'ng'iroq, tarix, eslatmalar va servis yozuvlari bepul.

RAQAMSIZ ALOQA
• Oynaga telefon raqami yozish shart emas — raqamingiz maxfiy qoladi.
• Xabar yuboruvchiga ilova kerak emas: QR telefon kamerasi bilan brauzerda ochiladi.
• Tayyor xabarlar: «Chiqolmayapman, yo'l bering», «Faringiz yoqiq qolgan», «Signalizatsiya ishlayapti», «Mashinangizga tegib ketishdi».
• Raqamsiz qo'ng'iroq: sizga brauzerdan qo'ng'iroq qilishadi, ikki tomonda ham raqamlar ko'rinmaydi.
• Bir bosishda javob: «Chiqyapman» (2, 5 yoki 10 daqiqada) yoki «Chiqolmayman».
• Bezovta qiluvchini bloklash — u buni bilmaydi. Tunda signallar ovozsiz keladi.
• Push kelmasa, signal Telegram'ga tushadi.

MASHINA HAQIDA HAMMASI BIR JOYDA
• Probeg o'zi sanaladi: telefon mashinaga (CarPlay yoki Bluetooth) ulanganda.
• Mashina qayerda: to'xtagan joyingiz o'zi saqlanadi — qayerda qoldirganingizni eslash shart emas.
• Sug'urta, texko'rik va tonirovka muddatlari haqida eslatma — o'z vaqtida, jarimasiz.
• Bosh ekranda mashinangizga MIB taqiqi bo'lsa ogohlantirish.
• Servis tarixi: moy, filtr va boshqa xizmatlar; servis chekida har bir tovar narxi.
• Moy va filtrni almashtirish vaqti kelganda eslatma.
• Bitta ilovada bir nechta mashina.

AVTOSERVIS — ASABSIZ
• Mashinangiz servisda bo'lsa — holati qulf ekranida va Dynamic Island'da: qabul qilindi, ishlanmoqda, tayyor. Ilovani ochish shart emas.
• Taxminiy tayyor bo'lish vaqtigacha sanoq va mashina tayyor bo'lganda ovozli xabar.
• Avtoservislarda keshbek va doimiy mijoz chegirmasi.

YO'LDA VA ISHLAR BO'YICHA
• Yo'lda yordam: xaritada radar — siz turgan joy, yaqin servislar va qidiruv radiusi 1 km dan 50 km gacha kengayib boradi.
• Yaqin avtomaktablar xaritada: manzil, qo'ng'iroq, Telegram.
• Yaqin notariuslar: e-notarius.uz da navbatga yozilish va kerakli hujjatlar ro'yxati.

OYINGIZ BIP BILAN
• Ogohlantirishlar, rahmatlar, qo'ng'iroqlar, servis va tejalgan pul — raqamlarda va chiroyli kartochkada. Do'stlarga ulashing.
• «Mening sahifam»: QR skanerlanganda ismingiz, havolalaringiz va xohlasangiz telefoningiz.

QANDAY ISHLAYDI
1. Bip stikerini mashina oynasiga yopishtiring.
2. Ilovada QR ni skanerlang va davlat raqamini yozing.
3. Tayyor — endi sizga raqamsiz xabar yozishadi.

Mashinani sotsangiz, stikerni uzasiz — yangi egasi uni o'ziga ulaydi.

BIP EKOTIZIMI
• Bip — mashina egalari uchun (shu ilova).
• Bip Business — avtoservislar uchun: mijozlar, eslatmalar, qarzlar va hisobot.
• Bip Auto — mashina monitori (magnitola) uchun: probeg o'zi yoziladi.

Bip'ni yuklab oling va stiker oling — atrofda haydovchilar qancha ko'p bo'lsa, qo'ng'iroq va qog'ozsiz kelishish shuncha oson. Bip haqida to'xtash joyidagi qo'shningizga ham ayting!

Ilova o'zbek, rus va ingliz tillarida. Sayt: bip.uz

Foydalanish shartlari (EULA): https://bip.uz/terms
Maxfiylik siyosati: https://bip.uz/privacy

## Pricing and in-app purchases

Base price: Free.

**Subscriptions**

| Subscription | Price | Period |
| --- | --- | --- |
| bip Premium | $7.99 | per year |
| bip Premium | $0.79 | per month |


## Is Bip safe?

Not enough ratings yet to assess Bip.

## Is Bip legit?

Bip: haydovchi bilan aloqa appears legitimate, with a few gaps. The AppsHunter Legitimacy Score for Bip is 75 out of 100 points across 7 verification signals from App Store and developer data.


## Version history (last 5 releases)

### 1.2.23 — 2026-10-28

• Mac'da xarita endi Apple Maps'da: parkovka, servislar va safar marshruti ko'rinadi.
• Navigator: boshqa telefonda saqlagan joylaringiz (Uy, Ish, oxirgi manzillar) iPhone'da ham chiqadi.
• Apple Watch telefonga tezroq ulanadi.
• Oila a'zosi signal tafsilotida «Bloklash» tugmasini ko'rmaydi — buni mashina egasi qiladi.
• Barqarorlik va kichik tuzatishlar.

### 1.2.22 — 2026-10-28

• Apple Watch ilovasi: signal bilakda keladi, telefonni olmasdan javob bering — «Chiqyapman, 2 / 5 / 10 daqiqada» yoki «Chiqolmayman».
• Bildirishnomaning o'zidan javob: signalni bosib turing va tayyor javobni tanlang.
• Mac'da: qo'ng'iroqlar telefon va soatga keladi, kamerasiz kompyuterda kodni qo'lda kiritasiz, PDF «Saqlash» oynasi orqali.
• Oila a'zolari signal tafsilotini ko'radi, javobni mashina egasi beradi.

### 1.2.21 — 2026-10-26

• CarPlay: joylashuv ruxsatisiz ham yaqin servislar ko'rinadi, aloqa uzilsa oxirgi ro'yxat qoladi.
• Haftalik safar hisoboti yana keladi, bildirishnoma hisobotni ochadi.
• Katta shriftda ruxsat oynalari va katalog kesilmaydi.
• Hisobdan chiqqanda qulf ekranida mashina ma'lumoti qolmaydi.
• Joylashuv qayerga yuborilishi aniqroq yozilgan.

### 1.2.20 — 2026-10-24

• Bip'ning o'z ovozlari: signal, xabar, «mashina tayyor» va qo'ng'iroq — har biri o'z ovozida.
• Signalingizga rahmat aytishsa — xabar keladi.
• Sozlamalarda «Ilova ovozlari»: signal yuborilganda qisqa ovoz.
• To'lovdan ilovaga qaytganingizda natija darhol ko'rinadi.

### 1.2.19 — 2026-10-23

• Mashinasiz hisobdan faqat bildirishnoma so'raladi; mikrofon — mashina qo'shilgach.
• Stiker ulashda mashinangiz raqami o'zi to'ldiriladi.
• Stiker boshqa mashinaga ulangan bo'lsa — «Yordamga yozish» tugmasi tayyor xabar bilan.
• Raqam turi tanlash ixchamroq; «Keyingi qadamlar» — aniq amallar bilan, takrorlarsiz.

## Apps similar to Bip

| App | Rating | Price | Category |
| --- | --- | --- | --- |
| [AutoPhone](https://appshunter.io/ios/app/autophone/id6788801389) | — | Free | Utilities |
| [Mini Check - Mobile Inventory](https://appshunter.io/ios/app/mini-check-mobile-inventory/id6759236364) | — | $0.99 | Utilities |
| [Road24 Pro - Ustalar](https://appshunter.io/ios/app/road24-pro-ustalar/id6756430931) | — | Free | Utilities |
| [6 Секунд: Автомойка и Бонусы](https://appshunter.io/ios/app/6/id6758433726) | — | Free | Utilities |
| [Carwon Mobile](https://appshunter.io/ios/app/carwon-mobile/id6463607847) | — | Free | Utilities |
| [Long Lasting Clock: Fullscreen](https://appshunter.io/ios/app/long-lasting-clock-fullscreen/id6802885324) | — | Free | Utilities |

## More apps by Nodirbek Razzokov

- [Zamin](https://appshunter.io/ios/app/zamin/id1464062370)
- [Zamin — News, articles, videos](https://appshunter.io/ios/app/zamin-news-articles-videos/id6753949680)
- [One.uz](https://appshunter.io/ios/app/oneuz/id6755460346)
- [Sanitariya](https://appshunter.io/ios/app/sanitariya/id6755702017)
- [ReBloom](https://appshunter.io/ios/app/rebloom/id6755876365)
- [Playmatch — футбол с друзьями](https://appshunter.io/ios/app/playmatch/id6756296478)

All apps by Nodirbek Razzokov: https://appshunter.io/developer/1463934950

## Related topics

[adliya plus](https://appshunter.io/ios/topics/adliya-plus) · [biral](https://appshunter.io/ios/topics/biral) · [bikroy](https://appshunter.io/ios/topics/bikroy) · [bip piemonte](https://appshunter.io/ios/topics/bip-piemonte) · [amazfit bip](https://appshunter.io/ios/topics/amazfit-bip)

---

*Data collected daily from the US App Store and indexed by [AppsHunter](https://appshunter.io/). User reviews are verbatim App Store reviews. Ratings, prices and chart positions refresh continuously; this snapshot is from 2026-10-29.*
