# Mobirex — CRM for phone & accessory shop

> CRM for phone & accessory shop (iPhone/iPad app by Zokhidillo Turgunov.)

- Source: https://appshunter.io/ios/app/mobirex/id6773000525 (this page in markdown: same URL + `.md`)
- Developer: [Zokhidillo Turgunov](https://appshunter.io/developer/6773000527)
- Category: Business, Productivity
- Price: Free
- Age rating: 4+
- Requires: iOS 15.6 · 27 MB
- Languages: American English
- Released: 2026-08-17
- Data updated: 2026-10-04

## What is Mobirex?

Mobirex — O'zbekistondagi telefon do'konlari uchun maxsus yaratilgan CRM/ERP tizimi.

NIMA UCHUN KERAK

Ko'p do'konlarda savdo va qarz daftar, Excel yoki Telegram orqali yuritiladi.
Natijada: kim nima sotdi noaniq, qaysi filialda qancha pul qoldi bilinmaydi,
qarzlar chalkashadi, oy oxirida foyda hisoblanmaydi.

Mobirex shu ishni tartibga soladi.

MAHALLIY DO'KON ISHIGA MOSLANGAN

Bu umumiy ombor dasturi emas. Tizim aynan O'zbekiston telefon do'konlarining ish
uslubiga qurilgan:

- Mijoz qarzi — do'konlarimizda odat bo'lgan "biz berdik / biz oldik" yo'nalishi bilan
- To'lanmagan qarz oy yopilganda keyingi oyga o'zi ko'chadi, qoldiq bilan
- Har oy avtomatik yopiladi: sotilmagan telefon keyingi oyga o'tadi, o'tgan oy
  hisoboti muzlatiladi va boshqa o'zgarmaydi
- Kapital oyiga bir marta tikiladi, aylanma pul har amaldan keyin o'zi qayta hisoblanadi
- Har bir filial alohida yuritiladi, xodim faqat o'z filialini ko'radi
- Barcha interfeys o'zbek tilida

ROLLAR

Do'kon egasi — barcha filial va xodimlarni bir joydan ko'radi
Sotuvchi — o'z filialidagi savdo, qarz va harajat bilan ishlaydi

IMKONIYATLAR

- Telefon savdosi: qo'shish, sotish, qaytarish, foyda hisobi
- Sotilmagan telefonlar: oy bo'yicha filtr bilan
- Qarzlar: berilgan va olingan, qisman to'lov va to'lov tarixi bilan
- Harajatlar: kunlik harajatlarni qayd etish
- Oylik: xodimlarga berilgan maoshni yozib borish
- Kapital: tikilgan mablag' va aylanma pul nazorati
- Hisobot: oylik tushum, foyda, harajat va sof foyda
- Audit jurnali: kim, qachon, qaysi amalni bajargani yozib boriladi
- O'chirilganlar: o'chirilgan yozuvlar yo'qolmaydi, alohida ekranda ko'rinadi

HISOB OCHISH

Ommaviy ro'yxatdan o'tish yo'q — har bir hisob aniq do'konga, uning filiallari va
xodimlariga bog'lanadi. Hisob ochish uchun kirish sahifasidagi "Bog'lanish" orqali
telefon raqamingizni qoldiring, biz siz bilan bog'lanamiz.

Yordam: https://mobirex.uz/support
Maxfiylik siyosati: https://mobirex.uz/privacy
Hisobni o'chirish: https://mobirex.uz/account-deletion

## Is Mobirex safe?

Not enough ratings yet to assess Mobirex.

## Is Mobirex legit?

Mobirex has limited verification signals. The AppsHunter Legitimacy Score for Mobirex is 58 out of 100 points across 7 verification signals from App Store and developer data.


## Version history (last 3 releases)

### 1.5.0 — 2026-09-10

Yangi imkoniyatlar:
- Face ID va barmoq izi bilan tez kirish
- PIN kod endi majburiy — ma'lumotlaringiz ishonchli himoyada
- Bir marta kirsangiz, 30 kun qayta login so'ralmaydi
- Qarz muddati kelgan kuni eslatma keladi
- E'lonlar bo'limi qo'shildi
- Telefon kartalarida tannarx, foyda va qo'shimcha ma'lumotlar

Tuzatishlar:
- Summani vergul bilan kiritish (1,5) endi ishlaydi
- Turli kichik xatoliklar bartaraf etildi

### 1.2 — 2026-08-28

Ilova to'liq qayta qurildi — yangi dizayn va yangi ichki tuzilma.

YANGI
- Barcha ekranlar qayta ishlangan yangi dizayn
- Audit jurnali — har bir amal yozib boriladi: kim, qachon, nima qildi
- "O'chirilganlar" ekrani — o'chirilgan qarz va to'lovlar tarixi saqlanib qoladi
- Sotilmagan telefonlar ro'yxatida oy bo'yicha filtr

YAXSHILANDI
- Oy yopilishi qayta yozildi: sotilmagan telefon va to'lanmagan qarz keyingi oyga
  to'g'ri sana bilan ko'chadi, o'tgan oy hisoboti to'liq muzlatiladi
- Qarz mantiqi aniqlashtirildi — o'chirishda qoldiq qaytariladi, qoldiqdan ortiq
  to'lov qabul qilinmaydi
- Kapital: oyiga bir marta tikish va nolga tushirish imkoniyati
- Sof foyda endi harajatlar ayrilgan holda hisoblanadi
- Umumiy tezlik va barqarorlik oshirildi

O'ZGARDI
- Ilova faqat telefon savdosiga ixtisoslashdi. Aksessuar ombori va qo'shimcha foyda
  bo'limlari olib tashlandi.

### 1.0.1 — 2026-08-17

No release notes.

## Apps similar to Mobirex

| App | Rating | Price | Category |
| --- | --- | --- | --- |
| [TPP-The Phones Planet](https://appshunter.io/ios/app/tpp-the-phones-planet/id6790113358) | — | Free | Business |
| [Sales Tracker POS](https://appshunter.io/ios/app/sales-tracker-pos/id6777710273) | — | Free | Business |
| [ibox.io](https://appshunter.io/ios/app/iboxio/id1663454152) | — | Free | Business |
| [Daftar Qarz](https://appshunter.io/ios/app/daftar-qarz/id6475084044) | 3.8 (13) | Free | Business |
| [MobilRaqam](https://appshunter.io/ios/app/mobilraqam/id1466350666) | 3.3 (4) | Free | Business |

---

*Data collected daily from the US App Store and indexed by [AppsHunter](https://appshunter.io/). User reviews are verbatim App Store reviews. Ratings, prices and chart positions refresh continuously; this snapshot is from 2026-10-04.*
