# Muhasib Daftar — Valyuta savdosi va foydasi

> Valyuta savdosi va foydasi (iPhone/iPad app by Abdurroxim Adjuborov.)

- Source: https://appshunter.io/ios/app/muhasib-daftar/id6799927984 (this page in markdown: same URL + `.md`)
- Developer: [Abdurroxim Adjuborov](https://appshunter.io/developer/1799854889)
- Category: Finance
- Price: Free
- Age rating: 4+
- Requires: iOS 26.0 · 2 MB
- Languages: American English
- Released: 2026-08-25
- Data updated: 2026-08-31
- User reviews in markdown: https://appshunter.io/ios/app/muhasib-daftar/id6799927984/reviews.md

## What is Muhasib Daftar?

Muhasib Daftar - valyuta olib-sotadigan odam uchun sodda daftar. Sotib olganingiz va sotganingizni yozib borasiz, foydani dastur o'zi hisoblaydi.

MISOL
10 000 USDT ni 12 500 so'mdan oldingiz. Keyin 12 700 so'mdan sotdingiz.
Dastur darhol ko'rsatadi: foyda +2 000 000 so'm.

FOYDANI O'ZI HISOBLAYDI
- O'rtacha narx usuli: turli vaqtda turli narxda olgan bo'lsangiz ham to'g'ri chiqadi
- Har bir sotuvdan qancha foyda kelgani alohida ko'rinadi
- So'nggi 7 kunlik foyda grafigi
- Bugun, bu oy yoki butun davr bo'yicha hisob

QO'LDAGI PULNI HAM YURITADI
- Boshlang'ich pulingizni bir marta yozasiz
- Sotib olganda yechiladi, sotganda qaytib qo'shiladi
- Pul yetmasa ogohlantiradi: hisobni to'ldiring yoki qarz oling
- Xohlasangiz minusga ishlashni yoqib qo'yasiz

QARZLAR
- Qarz oldim, qarzni uzdim, qarz berdim, qaytarib oldim
- Har bir odam ismi bilan yoziladi
- Men qarzdorman va Menga qarzdor: ikkita alohida ro'yxat
- Bir bosishda qarzni uzish yoki qaytarib olish

ISTAGAN VALYUTA
USDT, dollar, yevro, rubl yoki o'zingiz yangi valyuta qo'shasiz. Asosiy pulni so'm, dollar, yevro, rubl yoki tengedan tanlaysiz.

SODDA
Katta tugmalar, ravshan yozuvlar, o'zbekcha tushuntirishlar. Telefonni endi o'rganayotgan odam ham ishlata oladi.

MA'LUMOTINGIZ FAQAT SIZDA
Internet kerak emas. Ro'yxatdan o'tish yo'q. Hech qanday serverga hech narsa yuborilmaydi: hammasi telefoningizning ichida. Zaxira nusxasini istagan vaqtda o'zingizga saqlab olasiz.


## Version history (last 1 release)

### 1.0 — 2026-08-25

No release notes.

## More apps by Abdurroxim Adjuborov

- [Muhasib Pro](https://appshunter.io/ios/app/muhasib-pro/id6742800495)

All apps by Abdurroxim Adjuborov: https://appshunter.io/developer/1799854889

---

*Data collected daily from the US App Store and indexed by [AppsHunter](https://appshunter.io/). User reviews are verbatim App Store reviews. Ratings, prices and chart positions refresh continuously; this snapshot is from 2026-08-31.*
