# Oson Moliya — Qarz daftar, kassa va ombor

> Qarz daftar, kassa va ombor (iPhone/iPad app by SBD MCHJ.)

- Source: https://appshunter.io/ios/app/oson-moliya/id6820859044 (this page in markdown: same URL + `.md`)
- Developer: [SBD MCHJ](https://appshunter.io/developer/1705709341)
- Category: Business, Finance
- Price: Free with in-app purchases
- Age rating: 4+
- Requires: iOS 15.0 · 38 MB
- Languages: American English
- Released: 2026-11-05
- Data updated: 2026-11-07

## What is Oson Moliya?

Oson Moliya — do‘kon, savdo nuqtasi va kichik biznes uchun hisob. Qog‘oz daftar, kalkulyator va "keyin yozib qo‘yaman" o‘rniga — telefoningizdagi bitta ilova.

GAPIRING — FORMA O‘ZI TO‘LADI
"Azizga ikkita Coca-Cola, nasiyaga" deb ayting: mahsulot, soni, mijoz va to‘lov turi formaga o‘zi tushadi. Siz faqat tekshirib, saqlaysiz. Ta’minotchidan kelgan nakladnoyni suratga oling — kirim ham shunday to‘ldiriladi.

QARZ DAFTARI — TELEFONDA
Kim sizga qancha qarz, siz kimga qarzsiz — Asosiy ekranda doim ko‘rinib turadi. Har bir mijoz va ta’minotchi bilan to‘liq hisob-kitob tarixi: sotuvlar, to‘lovlar, qaytarilgan pul. Nasiyaga sotdingizmi — qarz o‘zi yoziladi.

OMBOR VA QOLDIQ
Kirim qilingan tovar omborga, sotilgani ombordan o‘zi ayiriladi. Qaysi tovar kam qoldi, qaysi biri tugadi — oldindan bilasiz. Bir nechta do‘kon yoki ombor bo‘lsa (Pro), har birining qoldig‘i alohida.

KASSA VA FOYDA
Naqd, karta va o‘tkazma — har bir kirim-chiqim kassada. Ijara, kommunal, oylik kabi xarajatlar o‘z toifasida. Oy oxirida tushum, xarajat va sof foyda tayyor — kalkulyatorsiz.

UY XARAJATLARI UCHUN HAM
Shaxsiy hisob turini tanlang: hamyon, oilaviy xarajatlar va do‘stlar bilan qarz-hisob — biznes ekranlarisiz.

XAVFSIZ VA QULAY
• Kirish faqat telefon raqami va SMS kod bilan
• Bir nechta hisob: do‘kon va shaxsiy hisob orasida bir tegishda o‘tish
• Ma’lumotlaringiz serverda saqlanadi — telefon almashsa ham yo‘qolmaydi
• O‘zbek (lotin), rus va ingliz tillarida
• Veb-versiya: app.osonmoliya.uz — kompyuterdan ham ishlash mumkin

OSON MOLIYA PRO
Asosiy imkoniyatlar bepul. Pro obunasi bilan:
• Ovoz va chek rasmi orqali kiritish — kuniga yuzlab marta (bepul tarifda kuniga 15 tadan)
• Bir nechta sklad
• Sotuv, kirim va kassani Excel’ga eksport

Pro oylik yoki yillik obuna sifatida Apple ID hisobingiz orqali to‘lanadi. Obuna joriy davr tugashidan kamida 24 soat oldin bekor qilinmasa, avtomatik yangilanadi. Obunani iPhone sozlamalari → Apple ID → Obunalar bo‘limida boshqarish yoki bekor qilish mumkin.

Foydalanish shartlari (Oferta): https://app.osonmoliya.uz/api/legal/oferta.html
Maxfiylik siyosati: https://app.osonmoliya.uz/api/legal/privacy.html

## Pricing and in-app purchases

Base price: Free.

**Subscriptions**

| Subscription | Price | Period |
| --- | --- | --- |
| Pro — Yearly | $19.99 | per year |
| Pro — Monthly | $2.99 | per month |


## Is Oson Moliya safe?

Not enough ratings yet to assess Oson Moliya.

## Is Oson Moliya legit?

Oson Moliya appears legitimate, with a few gaps. The AppsHunter Legitimacy Score for Oson Moliya is 70 out of 100 points across 7 verification signals from App Store and developer data.


## Version history (last 1 release)

### 1.0.0 — 2026-11-05

No release notes.

## More apps by SBD MCHJ

- [Case Manager](https://appshunter.io/ios/app/case-manager/id6464308230)
- [Eleven Driver](https://appshunter.io/ios/app/eleven-driver/id6464308906)
- [Cosmocargo](https://appshunter.io/ios/app/cosmocargo/id6464563418)
- [Booklet PDF](https://appshunter.io/ios/app/booklet-pdf/id6469419192)
- [Yuk Markazi](https://appshunter.io/ios/app/yuk-markazi/id6478923436)
- [Ramazon Taqvimi 2025](https://appshunter.io/ios/app/ramazon-taqvimi-2025/id6479004985)

All apps by SBD MCHJ: https://appshunter.io/developer/1705709341

---

*Data collected daily from the US App Store and indexed by [AppsHunter](https://appshunter.io/). User reviews are verbatim App Store reviews. Ratings, prices and chart positions refresh continuously; this snapshot is from 2026-11-07.*
