# Qarz Daftari

> Qarz Daftari (iPhone/iPad app by Sanjar Jabborov.)

- Source: https://appshunter.io/ios/app/qarz-daftari/id6755758253 (this page in markdown: same URL + `.md`)
- Developer: [Sanjar Jabborov](https://appshunter.io/developer/1843820763)
- Category: Finance, Business
- Price: Free
- Age rating: 4+
- Requires: iOS 17.6 · 23 MB
- Languages: Russian
- Released: 2025-12-02
- Data updated: 2026-10-11
- User reviews in markdown: https://appshunter.io/ios/app/qarz-daftari/id6755758253/reviews.md

## What is Qarz Daftari?

Qarz daftaringiz endi telefoningizda. Yo'qolgan daftarcha ham, noto'g'ri hisob-kitob ham yo'q - kim qancha qarz olgani doim ko'z oldingizda.

  Qarz Daftari - do'kon egalari va tadbirkorlar uchun qarz yuritish ilovasi. Qarzni yozib qo'yish uchun 10 soniya yetarli, qolganini ilova o'zi hisoblaydi.

  ASOSIY IMKONIYATLAR
  - Mijozlar va ularning qarzlari: yangi qarz, to'lov va umumiy balans
  - Har bir yozuvga chek surati va ovozli izoh - kelishuv esdan chiqmaydi
  - Qaytarish muddati va kechikkan qarzlar bo'yicha eslatma
  - So'm va dollarda alohida hisob
  - Bir nechta do'kon, sotuvchilarni taklif qilish - har kim o'z yozuvini kiritadi
  - Qarzdorlarga eslatma SMS va avtomatik qo'ng'iroqlar
  - "Do'konlardagi qarzlarim" - o'zingiz qarzdor bo'lgan do'kondagi summa
  - Ma'lumotlar serverda saqlanadi: telefon yo'qolsa ham, yozuvlaringiz joyida
  - Video darslar - ilovadan foydalanishni bosqichma-bosqich ko'rsatamiz

  PRO IMKONIYATLARI
  - Kassa - kirim va chiqim, bir nechta kassa
  - Xarajatlar - ijara, ish haqi, kommunal va boshqa xarajatlar alohida hisobda
  - Hisobotlar - qarz, sotuv, kassa va xarajat bitta ekranda
  - Nasiya - bo'lib to'lash jadvali va to'lovlar nazorati
  - Savdo: mahsulotlar, sotuvlar, ombor, yetkazib beruvchilar, xodimlar
  - Shtrix-kod skaneri, PDF hisob-faktura, yuk xati va xaridor uchun chek

  XAVFSIZLIK
  PIN-kod va Face ID bepul. Yozuvlaringiz faqat sizga va siz taklif qilgan xodimlarga ko'rinadi.
  
  VEB-VERSIYA
  Xuddi shu hisob bilan kompyuterdan ham ishlang: debtbook.sanjardev.uz

  Savol va takliflar: info@sanjardev.uz

  Foydalanish shartlari (Terms of Use / EULA):
  https://www.apple.com/legal/internet-services/itunes/dev/stdeula/
  Ommaviy oferta: https://debtbook.sanjardev.uz/oferta
  Maxfiylik siyosati: https://debtbook.sanjardev.uz/privacy


## Version history (last 5 releases)

### 2.0.7 — 2026-10-06

• Tariflar, SMS va qo‘ng‘iroq paketlari, onlayn vitrina, xodimlar o‘rni va AI paketlari endi App Store orqali sotib olinadi
• SMS, qo‘ng‘iroq va AI paketlari muddatsiz
• «Galereya» tugmasi endi galereyani ochadi, biriktirilgan rasm o‘chib ketmaydi
• Kichik tuzatishlar

### 2.0.4 — 2026-10-01

Nasiya shartnomasi va to'lovlar holati PDF, PNG
Ilova endi bir zumda ochiladi: logotip bilan ikki soniya kutish yo'q — «Asosiy» sahifa va do'koningiz darhol ko'rinadi.

  Sozlamalarda yangi «Telegram bot» bo'limi:
    • Qarz va to'lovlar haqidagi xabarnomalar Telegramga ham keladi — telefon qo'lingizda bo'lmasa ham
    • Har kuni 21:00 da kun hisoboti: qarzlar, to'lovlar, savdo, kassa
    • Ilova to'g'ridan-to'g'ri Telegramda ochiladi
    «Botni ulash»ni bosing va Telegramda «Start» — raqam va SMS kerak emas.

  Tuzatildi: do'kon sozlamalaridagi «Qarzlarni mijozlarga ko'rsatish» endi saqlanib qoladi.

### 2.0.3 — 2026-09-29

Ilova endi bir zumda ochiladi: logotip bilan ikki soniya kutish yo'q — «Asosiy» sahifa va do'koningiz darhol ko'rinadi.

  Sozlamalarda yangi «Telegram bot» bo'limi:
    • Qarz va to'lovlar haqidagi xabarnomalar Telegramga ham keladi — telefon qo'lingizda bo'lmasa ham
    • Har kuni 21:00 da kun hisoboti: qarzlar, to'lovlar, savdo, kassa
    • Ilova to'g'ridan-to'g'ri Telegramda ochiladi
    «Botni ulash»ni bosing va Telegramda «Start» — raqam va SMS kerak emas.

  Tuzatildi: do'kon sozlamalaridagi «Qarzlarni mijozlarga ko'rsatish» endi saqlanib qoladi.

### 2.0.0 — 2026-09-28

Xodim ilovasida yangi «Ombor» bo'limi:
  • Omborchi tovar kirimini qiladi — qoldiq va tan narxi o'zi yangilanadi
  • Brak, buzilgan va muddati o'tgan tovarni sababi bilan hisobdan chiqaradi
  • Qoldiqlarni va nima tugayotganini ko'radi
  • Har bir kirim va hisobdan chiqarish haqida egasiga darhol xabar keladi, tovarni kim qabul qilgani ko'rinadi
  Huquqlarni egasi xodim kartochkasida yoqadi. Tayyor «Omborchi» rolida ular allaqachon bor.

### 1.9.9 — 2026-09-25

• BILLZ'dan qarzdorlarni ko'chirish
• Yetkazib beruvchi bilan hisob-kitob daftari: Olingan / To'langan, har yozuvdan keyin balans va rasm biriktirish. To'lov kassadan chiqim bo'lib yoziladi.
  • Ishlab chiqarish: buyurtma berasiz — ishchi o'z ilovasida ko'radi, boshlaydi va tarozida qancha chiqqanini kiritadi. Kiritilgan ishlab chiqarishni tahrirlash mumkin.
  • Mijozning tovar hisobi: qancha oldi, qaytardi (yaroqli va yaroqsiz), sotdi, to'ladi va qarzi.
  • Nasiya: haftalik va kunlik to'lov grafigi.
  • Kassa: istalgan kunni strelkalar va kalendar bilan ochish.
  • Xodim ilovasi: ishlab chiqarish va yetkazib beruvchilar bo'limi.
  • Onlayn savdo: buyurtma lokatsiyasini botga yuborib, kuryerga uzatish.

## More apps by Sanjar Jabborov

- [MyPark](https://appshunter.io/ios/app/mypark/id6758328033)
- [Bozorlik](https://appshunter.io/ios/app/bozorlik/id6761377730)
- [Seller Helper UZUM YANDEX WB](https://appshunter.io/ios/app/seller-helper-uzum-yandex-wb/id6772885576)
- [Texno Lazer](https://appshunter.io/ios/app/texno-lazer/id6793968926)
- [MYBIZZ](https://appshunter.io/ios/app/mybizz/id6797260001)

All apps by Sanjar Jabborov: https://appshunter.io/developer/1843820763

---

*Data collected daily from the US App Store and indexed by [AppsHunter](https://appshunter.io/). User reviews are verbatim App Store reviews. Ratings, prices and chart positions refresh continuously; this snapshot is from 2026-10-11.*
