# Servismenu

> Servismenu (iPhone/iPad app by Sanjar Jabborov.)

- Source: https://appshunter.io/ios/app/servismenu/id6807044733 (this page in markdown: same URL + `.md`)
- Developer: [Sanjar Jabborov](https://appshunter.io/developer/1843820763)
- Category: Business
- Price: Free
- Age rating: 4+
- Requires: iOS 17.0 · 3 MB
- Languages: English
- Released: 2026-09-05
- Data updated: 2026-09-27
- User reviews in markdown: https://appshunter.io/ios/app/servismenu/id6807044733/reviews.md

## What is Servismenu?

Servismenu — restoran va kafe xodimlari uchun ilova. Mehmon stoldagi QR kod orqali menyuni ochadi, o'zi buyurtma beradi va baho qoldiradi. Ofitsiant, menejer va egasi hammasini shu ilovada ko'radi.

MEHMON CHAQIRSA — TELEFON JIRINGLAYDI
Chaqiruv kirayotgan qo'ng'iroqdek keladi: telefon jiringlaydi, butun ekranda stol raqami chiqadi. Ilova yopiq va ekran qulflangan bo'lsa ham ishlaydi. Kimga borishini server hal qiladi: mijoz oldida turgan ofitsiant bezovta qilinmaydi, javob berilmasa chaqiruv qolganlarga o'tadi.

BUTUN ZAL BITTA EKRANDA
Qaysi stol kutyapti, nima tayyorlanyapti, nima berishga tayyor. Har buyurtma necha daqiqa turgani ko'rinadi, kechikkanlari ajratib ko'rsatiladi.

MEHMON O'ZI AYTADI
Baho, ovozli izoh, rasm va video — xodim orqali o'tmasdan to'g'ridan-to'g'ri egasiga. Dalilni ilovaning ichida eshitish va ko'rish mumkin.

TIZIM O'ZI XULOSA CHIQARADI
«3 ta chaqiruvga hech kim bormadi», «norozilik 73% ga ko'paydi», «tushum 18% ga kamaydi» — raqam emas, sabab. Egasi muammoni xodim aytishini kutmasdan biladi.

KIM QANCHA VAQTDA JAVOB BERDI
Har ofitsiant bo'yicha javob tezligi va javobsiz qolgan chaqiruvlar. Bu raqamlar xodim qo'lidan o'tmaydi, shuning uchun ularni bo'yab bo'lmaydi.

MENYU — TELEFONDAN
Narx o'zgarsa kompyuter oldiga o'tirish shart emas: taom, bo'lim va narxlar to'g'ridan-to'g'ri ilovada tahrirlanadi.

ROLGA QARAB
Egasi — hisobotlar, tannarx va foyda, xodimlar, sozlamalar.
Menejer — zal, chaqiruvlar, menyu, baholar.
Ofitsiant — zal va chaqiruvlar.

Kirish uchun restoran kodi, login va parol kerak — ularni restoran egasi beradi. Ilova ichida ro'yxatdan o'tish yo'q.

Maxfiylik siyosati: https://startup.shaxzoddev.uz/maxfiylik


## Version history (last 1 release)

### 1.2.0 — 2026-09-17

• Ilova endi 4 tilda: o'zbek (lotin va kirill), rus, ingliz.
• Menyu dizaynini ilovaning o'zidan tanlash — 4 ta ko'rinish.
• Web paneldagi hamma narsa ilovada: taom rasmi, menyuni tarjima qilish va rasmdan yuklash, QR varaqasi va stend chop etish, yangi filial, parolni almashtirish.
• Bo'sh stolga chaqiruv kelsa «Stolni olaman — boryapman» tugmasi chiqadi.
• «Internet yo'q» chizig'i tuzatildi: aloqa qaytgach o'zi yo'qoladi va menyu qayta yuklanadi.

## More apps by Sanjar Jabborov

- [MyPark](https://appshunter.io/ios/app/mypark/id6758328033)
- [Bozorlik](https://appshunter.io/ios/app/bozorlik/id6761377730)
- [Seller Helper UZUM YANDEX WB](https://appshunter.io/ios/app/seller-helper-uzum-yandex-wb/id6772885576)
- [Texno Lazer](https://appshunter.io/ios/app/texno-lazer/id6793968926)
- [MYBIZZ](https://appshunter.io/ios/app/mybizz/id6797260001)

All apps by Sanjar Jabborov: https://appshunter.io/developer/1843820763

---

*Data collected daily from the US App Store and indexed by [AppsHunter](https://appshunter.io/). User reviews are verbatim App Store reviews. Ratings, prices and chart positions refresh continuously; this snapshot is from 2026-09-27.*
