# So'zgir: so‘z o‘yinlari — Kuniga bitta o‘zbekcha so‘z

> Uzbek word puzzle games with daily challenges and progress tracking. (iPhone/iPad app by Samandar Ahadjonov.)

- Source: https://appshunter.io/ios/app/sozgir-soz-oyinlari/id6807138456 (this page in markdown: same URL + `.md`)
- Developer: [Samandar Ahadjonov](https://appshunter.io/developer/1812888233)
- Category: Games, Puzzle, Word
- Price: Free
- Rating: 5.00/5 from 1 App Store ratings · 1 written reviews indexed
- Age rating: 4+
- Requires: iOS 15.0 · 43 MB
- Languages: American English
- Released: 2026-09-03
- Data updated: 2026-09-09
- Monetization: ad-supported
- User reviews in markdown: https://appshunter.io/ios/app/sozgir-soz-oyinlari/id6807138456/reviews.md

## What is So'zgir?

So‘zgir — o‘zbek tilidagi so‘z o‘yinlari ilovasi. Ichida So‘ztop (so‘z topish o‘yini) va Yangso‘z modullari bor. Yashirin so‘zni belgilangan
urinishda toping: har taxmindan keyin kataklar rangi sizni javobga
yaqinlashtiradi.

QOIDA JUDA ODDIY
• Yashil — harf to‘g‘ri joyda
• Sariq — harf so‘zda bor, lekin boshqa joyda
• Kulrang — harf so‘zda yo‘q

O‘ZBEK ALIFBOSI TO‘G‘RI ISHLAYDI
SH, CH, O‘ va G‘ — bitta harf, ya‘ni bitta katakcha. Klaviatura ham
o‘zbekcha: tutuq belgisi ham joyida.

REJIMLAR
• Kunlik o‘yin — kuniga bitta so‘z, butun O‘zbekistonda bir xil
• Cheksiz — xohlagancha mashq qiling, 4 dan 7 harfgacha
• Kategoriya — mavzu tanlab o‘ynang: tabiat, taom, hayvonlar va boshqalar

BALL VA REYTING
Har topilgan so‘z uchun ball beriladi: qancha kam urinishda topsangiz,
shuncha ko‘p. Kunlik reyting bugungi ball bo‘yicha, umumiy reyting esa
jamlangan ball bo‘yicha tuziladi.

QO‘SHIMCHA IMKONIYATLAR
• Statistika: o‘yin soni, g‘alaba foizi, ketma-ket kunlar (streak)
• Topgan so‘zlaringiz ro‘yxati — sanasi va olingan bali bilan
• Yordam: yashirin so‘zning mavzusini ko‘rsatadi
• Qattiq rejim: ochilgan harflarni keyingi taxminlarda ishlatish shart
• Tungi rejim va tebranishni sozlash
• Natijani spoylersiz ulashish

INTERNETSIZ HAM ISHLAYDI
Lug‘at ilova bilan birga keladi, shuning uchun o‘yin internetsiz ham
ochiladi. Aloqa paydo bo‘lganda yangi so‘zlar o‘zi yuklanadi.

HISOB IXTIYORIY
Mehmon sifatida darhol o‘ynay olasiz. Hisob ochsangiz natijalaringiz
saqlanadi va boshqa telefondan ham kirish mumkin bo‘ladi.

## Key features

- Daily word puzzle
- Unlimited play modes
- Category-based games
- Uzbek alphabet keyboard
- Scoring and leaderboards
- Offline play
- Statistics tracking

## Recent user reviews (1 of 1)

All indexed reviews: https://appshunter.io/ios/app/sozgir-soz-oyinlari/id6807138456/reviews.md

### 5/5 — O’ta qiziqarli ilova

*2026-09-07*

Ilova juda ham foydali va qiziqarli ekan. Avval o’zbek tilidagi bunday o’yinlarni bu formatda ko’rmagan edim.

## Frequently asked questions about So'zgir

### What is So'zgir?

So'zgir is an Uzbek word game application featuring a daily word puzzle (So'ztop) and unlimited play modes. It helps users guess hidden words by providing color-coded feedback on letter placement.

### Does So'zgir have ads?

Yes, So'zgir contains advertisements. As it is a free application, ads are displayed to support its development and maintenance.

### Can I play So'zgir offline?

Yes, So'zgir can be played offline. The game's dictionary is included with the app, allowing you to play without an internet connection. New words will download when a connection is available.

### What are the different game modes in So'zgir?

So'zgir offers three main modes: a daily game with one word for everyone in Uzbekistan, an unlimited mode for practice with 4 to 7 letter words, and a category mode where you can choose topics like nature or food.

### How does the scoring and rating system work in So'zgir?

You earn points for each word you find, with fewer attempts yielding more points. The app features a daily rating based on today's scores and an overall rating based on accumulated points.

### What is the 'Hard mode' in So'zgir?

In 'Hard mode,' any letters revealed in previous guesses must be used in subsequent attempts. This adds an extra layer of challenge to the word-guessing gameplay.

### Is there a way to share results without spoilers in So'zgir?

Yes, So'zgir allows you to share your game results without revealing the hidden word. This feature ensures that your friends can still enjoy the puzzle.

### What is the age rating for So'zgir?

So'zgir has an age rating of 4+. This indicates it is suitable for children aged four and older, making it accessible for a wide range of players.

## Version history (last 5 releases)

### 1.1.6 — 2026-09-09

Endi So'ztop uchta alifboda!

• Kirill, lotin va yangi lotin — o'zingizga qulayini tanlang.
  Butun ilova, jumladan o'yin harflari ham, tanlangan alifboda
  ko'rinadi.
• Alifboni istagan payt Profil → Alifbo bo'limidan almashtirasiz,
  o'zgarish darhol seziladi.
• Ilovaga birinchi kirishda alifbo tanlash oynasi qo'shildi.
• Ilova logotipi yangilandi.

### 1.1.3 — 2026-09-09

So‘zjang yanada adolatli va qulay bo‘ldi.

• Raqib so‘zni oldinroq topib, sizda o‘tib ketish imkoni qolmasa, jang o‘zi yakunlanadi — bekor urinib o‘tirmaysiz.
• Natija ekranida jang qancha davom etgani va har kim so‘zni qancha vaqtda topgani ko‘rinadi.
• Jang paytida telefon silkinishi endi «Yaqindagi raqiblar»ni ochib yubormaydi, o‘yiningizdan chalg‘imaysiz.
• Jangdan chiqish faqat taslim bo‘lish orqali — raqibingiz kutib qolmaydi.
• Natijadan keyin bir bosishda yana So‘zjang bo‘limiga qaytasiz.
• Silkitishni aniqlash yaxshilandi: tasodifiy harakatlar hisobga olinmaydi.

### 1.1.2 — 2026-09-07

Natijani ulashish butunlay yangilandi.

• Natija endi rasm bo‘lib ulashiladi: qaysi o‘yin, nechanchi urinishda topganingiz, ball va taxminlar to‘ri — bitta chiroyli kartochkada. Yashirin so‘z yozilmaydi, spoyler yo‘q.
• Ulashishdan oldin o‘zingiz tanlaysiz: faqat matn yoki matn + rasm. Nima yuborilishini oldin ko‘rasiz.
• Telegram, Instagram va boshqa ilovalarga bir bosishda ketadi.
• O‘yin tugagach chiqadigan gaplar yangilandi: natijangizga qarab o‘zgaradi.

### 1.1.1 — 2026-09-06

So‘zjang tuzatildi

• Tezkor jang va do‘st bilan bellashuvda taxmin qabul qilinmay qolayotgan xato yo‘q qilindi — endi har bir taxmin serverda tekshiriladi.
• O‘yin davomida ilovadan chiqib qaytsangiz, terilgan so‘zlaringiz va ranglar joyida qoladi.
• Jangga qaytganda boshlanish sanog‘i qaytadan chiqmaydi, vaqt ham noldan boshlanmaydi.

### 1.1.0 — 2026-09-06

Yangi imkoniyatlar

• Yangso'z moduli qaytdi — so'z taklif qiling, ovoz bering, g'oliblarni ko'ring. Bosh ekrandagi modullar endi kattaroq, rangli va izohli.
• Lug'at kengaydi: 594 ta yangi javob so'zi qo'shildi, jami 2 898 ta. Har biri ta'rifi va kategoriyasi bilan.
• Eslatmalar: o'zingiz tanlagan vaqtda kunlik so'z eslatmasi va ketma-ketlik uzilib qolmasligi uchun kechki qo'riqchi. Profil > Bildirishnomalar.
• So'zjang chaqiruvlari: kimdir sizni jangga chaqirsa xabar keladi, ilova yopiq bo'lsa ham.
• Havolalar: do'stingiz yuborgan jang havolasi endi brauzerda emas, to'g'ridan-to'g'ri ilovada kerakli ekranda ochiladi.
• Boshqa o'yinchilarning ochiq profili: reyting jadvalidagi qatorni bossangiz — o'sha o'yinchining umumiy balli, topilgan so'zlari, jadvaldagi o'rni va bellashuv reytingi.
• Kunlik natijani ulashganingizda havola aynan o'sha kungi so'zga olib boradi.

Yaxshilanishlar

• So'zjangda o'ynash uchun endi email bilan bog'langan hisob kerak — reyting va natijalar qurilma bilan yo'qolib ketmasin.
• Raqib o'ynab bo'lishini kutish ekrani jonlandi: kutish belgisi va almashib turadigan izohlar.
• Barcha "rostdanmi?" savollari endi ilova uslubidagi pastdan chiquvchi oynada.
• O'yin natijasi alohida sahifada, ulashish va murojaat tugmalari tartibga solindi.
• Bosh ekranni pastga tortib yangilash mumkin.
• Chaqiruvni qabul qilish yoki rad etishda kutish ko'rsatkichi chiqadi.

Tuzatishlar

• Serverdan kelgan lug'atda so'zlarning kategoriyasi va ta'rifi yo'qolib qolardi — tuzatildi.
• So'zjangdan qaytganda ro'yxat yangilanmasligi va noto'g'ri ekranga o'tish tuzatildi.

## More apps by Samandar Ahadjonov

- [iMed Team](https://appshunter.io/ios/app/imed-team/id6745555493)
- [Elaro](https://appshunter.io/ios/app/elaro/id6748000094)
- [Mehr ila](https://appshunter.io/ios/app/mehr-ila/id6749615349)
- [Choshtepa-darxon](https://appshunter.io/ios/app/choshtepa-darxon/id6756780176)
- [Sardoba](https://appshunter.io/ios/app/sardoba/id6757268380)
- [Bandu Business](https://appshunter.io/ios/app/bandu-business/id6757434583)

All apps by Samandar Ahadjonov: https://appshunter.io/developer/1812888233

---

*Data collected daily from the US App Store and indexed by [AppsHunter](https://appshunter.io/). User reviews are verbatim App Store reviews. Ratings, prices and chart positions refresh continuously; this snapshot is from 2026-09-09.*
