# Talaba — Jadval, baho, davomat

> Jadval, baho, davomat (iPhone/iPad app by Azimjon Abdurasulov.)

- Source: https://appshunter.io/ios/app/talaba/id6778138970 (this page in markdown: same URL + `.md`)
- Developer: [Azimjon Abdurasulov](https://appshunter.io/developer/1787170796)
- Category: Productivity, Education
- Price: Free
- Age rating: 4+
- Requires: iOS 16.0 · 16 MB
- Languages: American English, Kazakh, Russian, Tajik, Uzbek
- Released: 2026-06-17
- Data updated: 2026-08-26
- User reviews in markdown: https://appshunter.io/ios/app/talaba/id6778138970/reviews.md

## What is Talaba?

Talaba — talabalar uchun zamonaviy mobil kabinet. Dars jadvali, baholar, davomat, imtihonlar, moliya va boshqa universitet ma'lumotlaringizni bitta chiroyli va tez ilovada birlashtiradi.

Endi shaxsiy kabinetingizga kirish uchun brauzer ochib, uzundan-uzoq bosishlar shart emas — hammasi bir tegishda.

ASOSIY IMKONIYATLAR
• Dars jadvali — haftalik jadval, joriy va keyingi dars, xona hamda o'qituvchi ma'lumoti
• Baholar va GPA — joriy GPA, GPA tarixi va har bir fan bo'yicha ballar
• Davomat — sababli va sababsiz qoldirilgan soatlar, fan kesimida tafsilot
• Fanlar — kreditlar, o'quv resurslari va topshiriqlar
• Imtihonlar — semestr imtihonlari jadvali
• Reyting — guruh va kurs bo'yicha o'rningiz
• Moliya — kontrakt, qarz va stipendiya ma'lumotlari
• Xabarlar — universitetdan kelgan bildirishnomalar
• Hujjatlar va ma'lumotnomalar
• Coursera kurslari va ijtimoiy faollik reytingi

NEGA TALABA?
• Tez — ma'lumotlar keshlanadi, internet bo'lmaganda ham oxirgi holatni ko'rasiz
• Xavfsiz — parolingiz saqlanmaydi, kirish tokeni qurilmaning himoyalangan Keychain'ida turadi
• Qulay — 4 ta til: o'zbekcha (lotin va kirill), ruscha, inglizcha
• Toza dizayn — yorug' va tungi rejim

MAXFIYLIK
Talaba ma'lumotlaringizni reklama yoki tahlil (analytics) uchun yig'maydi. Ilovada hech qanday kuzatuv (tracking) yo'q. Ma'lumotlaringiz faqat universitet serveri bilan almashinadi.

ESLATMA
Talaba — mustaqil ilova. U HEMIS axborot tizimi yoki biror universitet bilan rasmiy aloqaga ega emas. Ilovadan foydalanish uchun amaldagi talaba hisobingiz (ID va parol) bo'lishi kerak.


## Version history (last 3 releases)

### 1.0.2 — 2026-06-26

• One ID orqali tez va xavfsiz tizimga kirish imkoniyati qo‘shildi.
• "O‘zlashtirish" bo‘limi yangilandi — joriy, oraliq, yakuniy va umumiy ballar har bir fan bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi.
• GPA bo‘limi kengaytirildi — fanlar, qarzdorliklar va baholash usuli haqida batafsil ma’lumotlar qo‘shildi.
• Davomat bo‘limi takomillashtirildi — har bir dars uchun sana, vaqt va o‘qituvchi ko‘rsatiladi, ma’lumotlar semestrlar bo‘yicha guruhlandi.
• QR orqali davomat endi bosh ekranda mavjud.
• Hujjatlarni ilovaning o‘zida yuklab olish, ko‘rish va ulashish imkoniyati qo‘shildi.
• Fanlar va resurslar bo‘limi yangilandi, shuningdek ilovaning tezligi va barqarorligi yaxshilandi.

### 1.0.1 — 2026-06-18

Design yangilandi. 
Kichik xatoliklar tuzatildi!

### 1.0.0 — 2026-06-17

No release notes.

## More apps by Azimjon Abdurasulov

- [VeoTV - IPTV Player](https://appshunter.io/ios/app/veotv-iptv-player/id6755080255)
- [Kurs - Yordamchi](https://appshunter.io/ios/app/kurs-yordamchi/id6755447387)
- [StreamNest: Video Browser](https://appshunter.io/ios/app/streamnest-video-browser/id6755791451)
- [StorageZen: Phone Cleaner Pro](https://appshunter.io/ios/app/storagezen-phone-cleaner-pro/id6757129695)
- [Little World Game](https://appshunter.io/ios/app/little-world-game/id6758022076)
- [QRia – QR & Barcode Scanner](https://appshunter.io/ios/app/qria-qr-and-barcode-scanner/id6758339124)

All apps by Azimjon Abdurasulov: https://appshunter.io/developer/1787170796

---

*Data collected daily from the US App Store and indexed by [AppsHunter](https://appshunter.io/). User reviews are verbatim App Store reviews. Ratings, prices and chart positions refresh continuously; this snapshot is from 2026-08-26.*
