# TAQSEEM - Foyda hisobchisi — Foida va xarajatlar hisobi

> Foida va xarajatlar hisobi (iPhone/iPad app by Khurshidbek Mirzajonov.)

- Source: https://appshunter.io/ios/app/taqseem-foyda-hisobchisi/id6765786644 (this page in markdown: same URL + `.md`)
- Developer: [Khurshidbek Mirzajonov](https://appshunter.io/developer/1896074490)
- Category: Business, Finance
- Price: Free
- Age rating: 4+
- Requires: iOS 15.0 · 34 MB
- Languages: American English
- Released: 2026-05-28
- Data updated: 2026-08-23
- User reviews in markdown: https://appshunter.io/ios/app/taqseem-foyda-hisobchisi/id6765786644/reviews.md

## What is TAQSEEM?

TAQSEEM — kichik va o‘rta biznes egalari uchun moliyaviy hisob-kitoblarni soddalashtiruvchi zamonaviy yordamchi. Endi foyda va zararni hisoblash uchun murakkab jadvallar shart emas!

Asosiy imkoniyatlar:

Foyda taqsimoti: Biznes sheriklar o‘rtasida sof foydani avtomatik hisoblash va taqsimlash.

Xarajatlar nazorati: Kunlik va oylik xarajatlarni kiritib boring va qayerga pul sarflanayotganini ko‘ring.

Ishlab chiqarish hisobi: Mahsulot tannarxini va xomashyo sarfini aniq hisoblang.

Hisobotlar: Biznesingiz o‘sishini vizual grafiklar va hisobotlar orqali kuzating.

Biznesingiz shaffofligini TAQSEEM bilan ta’minlang!


## Version history (last 4 releases)

### 1.2.7 — 2026-08-13

Bildirishnomalar
Ilova endi muhim xabarlarni telefoningizga yuboradi. Barcha bildirishnomalar ilova ichida ro'yxat bo'lib saqlanadi, sozlamalardan bir tugma bilan yoqib-o'chirasiz.

Kassa alohida bo'lim bo'ldi
Xarajatlar o'z sahifasiga ko'chdi. Barchasi, Oylik va Kunlik davrlar bo'yicha ko'rasiz, filtrlar esa tepada — qidirish osonlashdi.

Statistika butunlay yangilandi
Daromad, xarajat va foyda endi bitta grafikda yonma-yon ko'rinadi. Barcha summalar bitta kartada jamlangan.

Mahsulotning asl tannarxi
Endi faqat xom ashyo emas, ijara va boshqa tashqi xarajatlar ham mahsulotlar ustiga taqsimlanadi. Shu bilan 1 dona mahsulotdan aslida qancha foyda qolishini ko'rasiz.

Asosiy sahifa soddalashdi
Ortiqcha ma'lumotlar olib tashlandi — sahifa faqat mahsulot hisobiga qaratildi.

Parolni unutgan bo'lsangiz
Telefon raqam va SMS kod bilan darhol tizimga kirasiz, parolni esa ilova ichida osoyishta qo'yasiz. Endi kod muddati o'tib ketmaydi.

Telefon raqamni almashtirish
Profil bo'limidan raqamingizni SMS tasdiqlash orqali o'zgartirasiz.

Yangilanish haqida eslatma
Yangi versiya chiqqanda ilova ochilganda o'zi xabar beradi.

Tuzatishlar
O'lchov birliklari to'g'ri yoziladigan bo'ldi, sana tanlash qulaylashdi, xato xabarlari esa tushunarli tilda ko'rsatiladi.

### 1.2.5 — 2026-08-04

Zakazlar bo'limi qo'shildi

• Mijozlardan zakaz qabul qiling — bugunga, ertaga yoki istalgan kunga
• Mijozlar bazasi: ism yoki telefon bo'yicha tez qidiruv
• To'lovlarni kuzating — zaklad, qoldiq va to'liq to'lov alohida ko'rinadi
• Zakazni topshirganda to'lovni o'sha yerda qayd eting
• Tarjima va kichik xatoliklar tuzatildi

### 1.2.4 — 2026-07-28

Xodimlarni boshqarish tizimi qo'shildi: Endi xodimlar uchun alohida akkaunt ochish va ularga tegishli ruxsatnomalarni belgilash mumkin.

Qurilmalar bo'limi qo'shildi.

Ilovadagi mavjud xatoliklar (buglar) tuzatildi va ishlash tezligi yaxshilandi.

### 1.0 — 2026-05-28

No release notes.

---

*Data collected daily from the US App Store and indexed by [AppsHunter](https://appshunter.io/). User reviews are verbatim App Store reviews. Ratings, prices and chart positions refresh continuously; this snapshot is from 2026-08-23.*
