# Trasso Pro

> Trasso Pro (iPhone/iPad app by Dilshodbek Ahmedov.)

- Source: https://appshunter.io/ios/app/trasso-pro/id6806550441 (this page in markdown: same URL + `.md`)
- Developer: [Dilshodbek Ahmedov](https://appshunter.io/developer/1778438592)
- Category: Utilities
- Price: Free
- Age rating: 4+
- Requires: iOS 15.5 · 137 MB
- Languages: American English
- Released: 2026-09-18
- Data updated: 2026-10-08

## What is Trasso Pro?

Trasso Pro — haydovchilar uchun ilova. Yo'lingizni daromadga aylantiring.

  Trasso Pro shaharlararo qatnaydigan haydovchilar uchun. Marshrutingizni e'lon qiling — yo'lingiz ustidagi yo'lovchilar, pochtalar va yuklar o'zi taklif qilinadi. Bo'sh o'rindiq va bo'sh yuk joyi bekor turmaydi.

  QANDAY ISHLAYDI

  1. Ro'yxatdan o'ting va hujjatlaringizni yuklang
  2. Mashinangizni qo'shing va tasdiqdan o'tkazing
  3. Marshrutni e'lon qilib onlayn bo'ling
  4. Taklif qilingan buyurtmalarni qabul qiling yoki Bozordan o'zingiz tanlang
  5. Yetkazib bering va daromadni kartaga yechib oling

  MARSHRUT VA BUYURTMA TOPISH

  • Marshrutni e'lon qiling — yo'nalishga mos buyurtmalar avtomatik keladi
  • Bozor bo'limida yuk va yo'lovchi buyurtmalarini o'zingiz tanlang
  • Qidiruv radiusini o'zingiz belgilang
  • "Faqat mening yo'nalishim" filtri bilan keraksiz buyurtmalarni kesing
  • Marshrutsiz ham ishlash mumkin — buyurtmani o'zingiz tanlaysiz
  • Bitta safarda yo'lovchi, pochta va yukni birga tashish

  SAFARNI BOSHQARISH

  • Barcha bekatlar tartib bilan xaritada ko'rinadi
  • Har bir bekat uchun manzil, kontakt va izoh
  • Navigatsiya bilan yo'lni ko'rish
  • Bekatni bajarilgan deb belgilash
  • Pochtani tasdiqlash kodi bilan topshirish
  • Mijoz bilan ilova ichida chat va qo'ng'iroq

  DAROMAD VA HISOB

  • Bugungi daromad, buyurtmalar soni, km va onlayn vaqti bir ekranda
  • Kun, hafta, oy va yil kesimida statistika
  • Balans tarixi: har bir daromad va komissiya alohida ko'rinadi
  • Naqd olingan pul ham umumiy daromadda hisobga olinadi
  • Kartaga pul yechib olish va balansni to'ldirish
  • Bir nechta karta qo'shish, asosiysini tanlash

  HUJJATLAR VA PROFIL

  • Shaxsiy hujjatlarni yuklab tasdiqdan o'tkazish (KYC)
  • Mashina ma'lumotlari, hujjatlari va rasmlari
  • Tekshiruv holati va rad etilgan bo'lsa — sababi
  • Reyting va buyurtmalarni bajarish darajasi
  • Yo'lovchi tariflari: Komfort, Biznes, Miniven va boshqalar

  QULAYLIKLAR

  • Push va SMS xabarlar, yangi taklif ovozi
  • Ilova ekrani o'chiq bo'lsa ham yangi buyurtmalar keladi
  • 4 til: o'zbek (lotin va kirill), rus va ingliz
  • Face ID / barmoq izi va PIN-kod bilan ilovani qulflash
  • 24/7 qo'llab-quvvatlash va Telegram orqali aloqa

  KIMLAR UCHUN

  • Shaharlararo qatnaydigan yengil avtomobil haydovchilari
  • Yuk mashinasi egalari va tashuvchilar
  • Yo'l davomida pochta olib o'tishga tayyor kuryer-yo'lovchilar
  • Bo'sh o'rindiqni daromadga aylantirmoqchi bo'lgan har bir haydovchi

  Ishlash uchun haydovchilik guvohnomasi, texnik pasport va hujjatlarni tasdiqlash talab qilinadi.

  Joylashuv: buyurtmalarni topish va mijozga safaringizni jonli ko'rsatish uchun ilova ish vaqtida, shu jumladan fonda, joylashuvdan foydalanadi. Oflayn bo'lganingizda joylashuv yuborilmaydi.

  Savol bormi? Ilovadagi "Yordam markazi" orqali biz bilan bog'laning.

## Is Trasso Pro safe?

Not enough ratings yet to assess Trasso Pro.

## Is Trasso Pro legit?

Trasso Pro has limited verification signals. The AppsHunter Legitimacy Score for Trasso Pro is 58 out of 100 points across 7 verification signals from App Store and developer data.


## Version history (last 2 releases)

### 1.0.1 — 2026-09-30

• Bozorda yangi "Telegram" bo'limi: Telegram guruhlaridagi yuk va yo'lovchi e'lonlari bir joyda, yo'nalish, sana va vaqt bo'yicha filtr bilan.
• E'lon qachon joylangani va qachon muddati tugashi ko'rsatiladi.
• Yangi taklif kelganda signal endi haydovchiga aniq yetib boradi, barcha takliflar bitta ekranda.
• Posilka yetkazish jarayoni boshidan oxirigacha tuzatildi.
• Yo'lovchi so'rovlarida tomdagi bagaj talabi ko'rsatiladi.
• Safar tugashi bilan GPS bildirishnomasi o'chadi.
• Joylashuv ruxsati endi tushuntirish bilan so'raladi.
• Barqarorlik va tezlik yaxshilandi.

### 1.0.0 — 2026-09-18

No release notes.

## More apps by Dilshodbek Ahmedov

- [Trasso app](https://appshunter.io/ios/app/trasso-app/id6801530887)

All apps by Dilshodbek Ahmedov: https://appshunter.io/developer/1778438592

---

*Data collected daily from the US App Store and indexed by [AppsHunter](https://appshunter.io/). User reviews are verbatim App Store reviews. Ratings, prices and chart positions refresh continuously; this snapshot is from 2026-10-08.*
