# Xavfsiz talaba

> Xavfsiz talaba (iPhone/iPad app by Uzinfocom.)

- Source: https://appshunter.io/ios/app/xavfsiz-talaba/id6804942943 (this page in markdown: same URL + `.md`)
- Developer: [Uzinfocom](https://appshunter.io/developer/1161112460)
- Category: Utilities
- Price: Free
- Age rating: 4+
- Requires: iOS 15.6 · 72 MB
- Languages: American English
- Released: 2026-10-15
- Data updated: 2026-10-24

## What is Xavfsiz talaba?

Xavfsiz talaba — oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun mobil ilova. O'qish, turar joy va xavfsizlikka oid barcha asosiy ma'lumotlar hamda xizmatlar bitta ilovada jamlangan.

Ilovaga OneID orqali kirasiz. Ro'yxatdan o'tish yoki ma'lumotlarni qo'lda to'ldirish shart emas: talaba sifatidagi ma'lumotlaringiz OneID orqali avtomatik yuklanadi.

ELEKTRON KARTA VA QR KOD
Elektron talaba kartangiz doim telefoningizda. Turniketdan o'tish uchun ilovadagi QR kodni skanerlash kifoya. Asosiy ekranda so'nggi kirish vaqtingiz ham ko'rsatiladi.

SOS — FAVQULODDA YORDAM
Xavfli vaziyatga tushib qolsangiz, SOS tugmasini bosing. Joylashuvingiz darhol xavfsizlik xizmatiga yuboriladi. Tasodifiy bosilishning oldini olish uchun signal yuborishdan oldin tasdiqlash so'raladi.

MENING MA'LUMOTLARIM
Barcha ma'lumotlaringiz tartibli bo'limlarda:
- Shaxsiy ma'lumotlar: F.I.Sh., tug'ilgan sana, JSHSHIR, pasport ma'lumotlari
- O'qish ma'lumotlari: OTM, fakultet, yo'nalish, kurs va guruh, ta'lim shakli, talaba ID va GPA
- Darslar bo'yicha ma'lumot va davomat
- Amaliyot ma'lumoti: tashkilot, amaliyot turi, muddatlari va amaliyot uchun javobgar shaxs
- Huquqiy holat va intizomiy holat
- Aloqa ma'lumotlari: telefon raqamingizni ilovaning o'zida yangilashingiz mumkin

TURAR JOY
Yotoqxonada yashasangiz, yotoqxona nomi, manzili, xona, o'rindiq, blok va qavat, shartnoma hamda yotoqxonaga kirish me'yori ko'rsatiladi. Ijarada yoki o'z uyingizda yashasangiz, kadastr raqamini kiritib turar joy ma'lumotini qo'shishingiz mumkin.

ARIZALAR
Muammo, taklif yoki murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri ilovadan yuboring:
- Yo'nalish va tashkilotni tanlang
- Muammoni batafsil yozing
- Rasm, video yoki hujjat biriktiring
"Arizalarim" bo'limida har bir arizaning holatini, kiruvchi raqamini va yuborilgan sanasini kuzatib borasiz. Holat o'zgarganda bildirishnoma olasiz.

TRANSPORT XARITASI
Universitet avtobuslari qayerda ekanini xaritada jonli kuzating. Yo'nalishlar, bekatlar, avtobus tezligi, yo'lovchilar soni va avtobusning bekatga taxminiy yetib kelish vaqtini ko'ring. Yaqin bekatlarni topish uchun joylashuvingizdan foydalanish mumkin.

BILDIRISHNOMALAR
Arizalaringiz holati va siz uchun muhim xabarlar haqida push-bildirishnomalar olasiz. Barcha xabarlar ilovadagi bildirishnomalar bo'limida saqlanadi.

QULAYLIKLAR
- O'zbek, rus va ingliz tillari
- Kunduzgi, tungi va tizim bo'yicha mavzu
- Profil rasmini kamera yoki galereyadan o'rnatish

MAXFIYLIK
Ma'lumotlaringiz shifrlangan aloqa kanali orqali uzatiladi. Joylashuv faqat SOS signali yuborilganda va transport xaritasi ochilganda ishlatiladi.

Muhim: ilova faqat oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Agar OneID orqali kirganingizda talaba sifatida aniqlanmasangiz, ma'lumotlar ko'rsatilmaydi.

## Is Xavfsiz talaba safe?

Not enough ratings yet to assess Xavfsiz talaba.

## Is Xavfsiz talaba legit?

Xavfsiz talaba appears legitimate, with a few gaps. The AppsHunter Legitimacy Score for Xavfsiz talaba is 75 out of 100 points across 7 verification signals from App Store and developer data.


## Version history (last 1 release)

### 1.0.0 — 2026-10-15

No release notes.

## More apps by Uzinfocom

- [Temur tuzuklari](https://appshunter.io/ios/app/temur-tuzuklari/id1161112461)
- [Gov Uz](https://appshunter.io/ios/app/gov-uz/id1163533149)
- [Self Safety](https://appshunter.io/ios/app/self-safety/id1523101516)
- [MyGov: Davlat xizmatlari](https://appshunter.io/ios/app/mygov-davlat-xizmatlari/id1544175166)
- [MyID O'zbekiston](https://appshunter.io/ios/app/myid-ozbekiston/id1562842955)
- [Islom markazi](https://appshunter.io/ios/app/islom-markazi/id1599845058)

All apps by Uzinfocom: https://appshunter.io/developer/1161112460

## Related topics

[uzinfocom](https://appshunter.io/ios/topics/uzinfocom)

---

*Data collected daily from the US App Store and indexed by [AppsHunter](https://appshunter.io/). User reviews are verbatim App Store reviews. Ratings, prices and chart positions refresh continuously; this snapshot is from 2026-10-24.*
