
YodAll: Ingliz va Koreys tili
Kuniga 5 daqiqa: so'z va dars
0 ratings
With Ads
📚 Education
Free
With Ads
About
YodAll — o'zbek tilida so'zlashuvchilar uchun ingliz va koreys tilini o'rganish ilovasi. Kuniga 5 daqiqa ajrating: so'zlarni yodlab emas, eslab qolib o'rganasiz.
O'RGANISH YO'LI
• Ingliz tili kundalik vaziyatlar bo'yicha bo'limlarga ajratilgan: oila, ovqat, uy, do'kon, transport, sog'liq, ish va boshqalar
• Har kuni 3, 5 yoki 10 daqiqalik qisqa darslar: so'zni ko'rasiz, eshitasiz, taniysiz, eslaysiz va gapda ishlatasiz
• Afandining hiylasi: har bir so'zni eslab qolishga yordam beradigan kulgili bog'lanish
• Xatolar sandig'i: xato qilgan so'zlaringiz to'g'ri javob bermaguningizcha qaytib keladi
• Afandi latifalari va qisqa matnlar: o'rgangan so'zlaringizni hikoya ichida qayta uchratasiz
KOREYS TILI
• Hangul harflari noldan, har bir tovushi bilan
• Koreyada ishlash va yashash uchun kerakli kundalik hayot so'zlari (EPS-TOPIK)
SO'Z BOG'I
Har bir o'rgangan so'zingiz bog'ingizda gulga aylanadi. Takrorlash vaqti kelganda gul "suv so'raydi": bir necha daqiqalik takrorlash bilan so'z xotirangizda mustahkam qoladi.
YANA
• Daraja testi: 5 daqiqada ingliz tilidagi darajangizni bilib, o'zingizga mos joydan boshlang
• Gapirish: inglizcha gapni ayting, qanchalik aniq eshitilganini ball va maslahat bilan ko'rasiz
• Lug'at: tarjima, ta'rif va misollar
• Kunlik seriya va do'stlar: har kuni o'qish odatini saqlang, do'stlaringiz bilan birga o'rganing
• Eslatma o'zingiz tanlagan vaqtda
• Ro'yxatdan o'tmasdan boshlash mumkin: hisob ochganingizda natijalaringiz saqlanib qoladi
• Telefon va planshet uchun alohida ko'rinish
PREMIUM
YodAll'ni bepul ishlatish mumkin. Premium ko'proq dars, mashq va gapirish tekshiruvini ochadi. Premium oylik yoki yillik obuna, yoxud 1, 3 yoki 12 oylik paket sifatida ilovaning o'zida sotib olinadi.
Obuna har davr oxirida avtomatik yangilanadi, agar joriy davr tugashidan kamida 24 soat oldin bekor qilinmasa. Obunani do'kon hisobingiz sozlamalarida boshqarish va bekor qilish mumkin.
Show more
What's New in YodAll
1.3.2
November 11, 2026
YodAll 1.3.2 DARSLAR • "So'zni yig'ing": so'z endi javobni tekshirgandan keyin o'qiladi, oldin emas. So'zni o'zingiz eslaysiz. • "Gapni tuzing": Afandi butun gapni o'qib beradi, siz eshitganingizni tuzasiz. • Ovozlar tenglashtirildi: gaplar aniqroq eshitiladi, javob tovushlari esa yumshoqroq. PODKASTLAR • Keyingi epizoddan qisqa parcha. TUZATISHLAR • Android'da ba'zi telefonlarda bosh sahifa yopilib qolardi: tuzatildi. • Kichik tuzatishlar va yaxshilanishlar.
More






