# Zumla — ish e'lonlari — O'zbekistonda ish topish

> O'zbekistonda ish topish (iPhone/iPad app by ABDURASUL ODILJANOV.)

- Source: https://appshunter.io/ios/app/zumla-ish-elonlari/id6808915332 (this page in markdown: same URL + `.md`)
- Developer: [ABDURASUL ODILJANOV](https://appshunter.io/developer/6808915664)
- Category: Business, Productivity
- Price: Free
- Age rating: 12+
- Requires: iOS 15.1 · 33 MB
- Languages: American English, Russian, Uzbek
- Released: 2026-09-13
- Data updated: 2026-10-06

## What is Zumla?

Zumla — O'zbekiston bo'ylab ish e'lonlari va yaqin atrofdagi qisqa yumushlar bir joyda.

Har kuni yangilanadigan minglab vakansiya: qurilish, savdo, oshxona, haydovchilik, IT, tibbiyot, ta'lim va boshqa yo'nalishlar. Barchasi bepul.

QIDIRUV
• 14 viloyat va 204 tuman bo'yicha filtr
• Kasb turlari, maosh oralig'i, jins, ish turi
• Xaritada ko'rish — uyingizga eng yaqin ishni topasiz
• Kalit so'z bo'yicha qidiruv (o'zbek lotin va kirill)

YUMUSH — YAQIN ATROFDAGI QISQA ISHLAR
• Bir-ikki soatlik ish: karobka ko'chirish, tozalash, yuk tushirish, bog' ishlari, kichik ta'mir
• Har biri masofasi bilan ko'rsatiladi — «uyimdan 900 metr»
• Narxi va necha soat olishi oldindan yozilgan
• Yaqiningizda yangi yumush chiqsa — bildirishnoma keladi
• O'zingiz ham yumush qo'yasiz: bir necha daqiqada, bir nechta savol

MOS ISH O'ZI TOPADI
• Aqlli filtr: kasbingiz, hududingiz va maosh talabingizni bir marta ko'rsatasiz
• Sizga mos yangi e'lon chiqsa — bildirishnoma keladi
• Qidiruvni saqlab qo'yasiz, natijalari o'zi yangilanadi

E'LON BERISH
• Ish beruvchi vakansiya joylashtiradi — bir necha daqiqada
• Ish izlovchi rezyumesini qo'yadi, uni ish beruvchilar ko'radi
• E'lonlaringizni ilova ichida tahrirlaysiz, yopasiz yoki o'chirasiz

QULAY VA XAVFSIZ
• Parol yo'q — Telegram orqali raqamingiz tasdiqlanadi
• Yoqtirgan e'lonlaringizni saqlab qo'yasiz
• Face ID / barmoq izi bilan ilovani qulflash
• Har e'lon va yumushda shikoyat tugmasi, foydalanuvchini bloklash
• O'zbek, rus va ingliz tillari

Savol yoki taklif bo'lsa — ilovadagi «Murojaat» bo'limi orqali yozing, javob beramiz.

Sayt: https://zumla.uz

## Is Zumla safe?

Not enough ratings yet to assess Zumla.

## Is Zumla legit?

Zumla — ish e'lonlari has limited verification signals. The AppsHunter Legitimacy Score for Zumla is 58 out of 100 points across 7 verification signals from App Store and developer data.


## Version history (last 5 releases)

### 1.4.1 — 2026-09-19

Yumush qo'yishda kalendardan sana tanlash tuzatildi — tanlangan kun
endi belgilanib turadi va indingadan boshlab keyingi kunlarni ham
tanlash mumkin.

### 1.4.0 — 2026-09-17

• Yumush uchun reyting va sharhlar: ish tugagach buyurtmachi ham, ishchi ham bir-biriga baho qo'yadi. Baholar profilda ko'rinadi.
• Nomzodlar ro'yxati: yumushingizga kim yozilganini ko'rib, mosini tanlaysiz.
• Bildirishnoma sozlamalari: «Mos ishlar» va «Yumush» uchun alohida murvatlar qo'shildi — keraklisini yoqib qo'yasiz.
• Bog'lanish tugmasidagi xato tuzatildi.
• Panel va ro'yxatlardagi mayda kamchiliklar bartaraf etildi.

### 1.3.1 — 2026-09-16

Bildirishnomalar bo'yicha yangilanish:

• Yaqiningizda yumush chiqqanda xabar olish endi Yumush bo'limining o'zidan bir tegishda yoqiladi
• «Mos ishlar» ekranida ham shunday — filtringizga mos vakansiya chiqsa darhol bilasiz
• Sozlamalarda ikkita alohida murvat: mos ish e'lonlari va yaqinimdagi yumush xabarlari endi bir-biridan mustaqil yoqiladi va o'chiriladi

Shuningdek, pastki paneldagi yorliq tuzatildi: yumush bo'limida o'rtadagi tugma endi «Qo'yish» deb yoziladi va yonidagi bo'lim nomi bilan chalkashmaydi.

### 1.2.0 — 2026-09-15

YUMUSH — yaqin atrofdagi qisqa ishlar bo'limi. Bir-ikki soatlik ish: karobka ko'chirish, tozalash, yuk tushirish, bog' ishlari. Har biri masofasi, narxi va vaqti bilan; xaritada ham ko'rinadi. Yaqiningizda yangi yumush chiqsa bildirishnoma keladi.

Yumush qo'yishda endi «Batafsil» maydoni bor — nechta quti, qaysi qavat, lift bormi. Ishchi buni oldindan o'qiydi va ortiqcha qo'ng'iroq qilmaydi.

Kichik tuzatishlar: ro'yxatda ko'tarilgan yumushlar ajralib turadi, muddat matni aniqlashtirildi, Android'da sarlavha titrashi tuzatildi.

### 1.0 — 2026-09-13

No release notes.

## Apps similar to Zumla

| App | Rating | Price | Category |
| --- | --- | --- | --- |
| [Oson Ish Top](https://appshunter.io/ios/app/oson-ish-top/id6749636624) | — | Free | Business |

## Related topics

[ishbor](https://appshunter.io/ios/topics/ishbor)

---

*Data collected daily from the US App Store and indexed by [AppsHunter](https://appshunter.io/). User reviews are verbatim App Store reviews. Ratings, prices and chart positions refresh continuously; this snapshot is from 2026-10-06.*
