
Bekachi
Haftalik menyu va bozorlik
0 ratings
Free
Rating summary
About
Bugun nima pishirishni o‘ylamang. Bekachi oilangiz uchun bir haftalik menyu tuzadi, undan bozorlik ro‘yxatini chiqaradi va hammasi qanchaga tushishini rasmiy bozor narxlarida hisoblab beradi.
QANDAY ISHLAYDI
• Oilada nechta katta va bola borligini kiriting — miqdorlar shunga qarab hisoblanadi.
• Nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun taomlarni tanlang yoki Bekachi taklif qilsin.
• Bozorga tayyor ro‘yxat bilan boring: hamma masalliq bitta joyda, do‘kon rastasi tartibida.
IMKONIYATLAR
• 21 ta ovqatlik haftalik reja — kunlar bo‘yicha, kaloriya va tayyorlash vaqti bilan.
• 24 ta milliy taom: osh, manti, lag‘mon, sho‘rva, somsa va boshqalar — retsept va taymer bilan.
• Byudjet oldindan: kunlik, bir kishiga va har bo‘lim bo‘yicha; limit qo‘yish mumkin.
• Narxlar — O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy o‘rtacha narxlari, har oy yangilanadi.
• Uyda bor mahsulotlar ro‘yxatdan ayriladi.
• Mehmon kelsa — miqdor va narx bir zumda qayta hisoblanadi.
• Kaloriya va makrolar (oqsil, yog‘, uglevod).
• Internetsiz ham ishlaydi — menyu va ro‘yxat telefonda saqlanadi.
• O‘zbek va rus tillarida.
Kirish telefon raqami va SMS kod orqali — parol kerak emas. Reklama yo‘q.
Show more
What's New in Bekachi
0.14.1
November 18, 2026
• Ovqat uyda qaysi kunlari yeyilishini tanlang: masalan, tushlik faqat dam olish kunlari. Qolgan kunlari u menyuga ham, bozorlikka ham kirmaydi • Tezkor tanlov: har kuni, ish kunlari yoki dam olish kunlari • Mehmonlar va non uyda yeyiladigan kunlar bo'yicha hisoblanadi
More




