
Free
Rating summary
About
Bione POS — Bione'dagi do'kon egalari va sotuvchilar uchun ilova. Savdo, buyurtma, nasiya va ombor — hammasi bitta telefonda.
• Kassa — mijoz navbatda kutib qolmaydi: tez soting, to'lovni naqd va kartaga bo'ling, qaytimni ilova o'zi hisoblaydi, chekni chiqarib beradi. Internet o'chsa ham savdo to'xtamaydi.
• Onlayn buyurtmalar — yangi buyurtma kelsa, darrov xabar beradi. Qabul qiling, yig'ing va mijozga bering — hammasi bitta doskada.
• Savdo va foyda — bugun qancha savdo bo'ldi, qancha foyda qoldi, xarajat qancha — bir qarashda ko'rasiz.
• Nasiya — nasiya daftari endi telefoningizda: qarzga soting, to'lovlarni yozib boring, qarzdorga Telegram orqali eslatib qo'ying.
• Ombor — qancha mol qolganini aniq bilasiz: kirimni qabul qiling, ta'minotchiga qarzni kuzating, reviziya qiling, yaroqsiz molni hisobdan chiqaring, filiallar o'rtasida ko'chiring.
• Qaytarish — mijoz qaytargan molni to'liq yoki qisman qabul qiling, mol javonga qaytadi.
• Onlayn do'kon — bannerlar, kontaktlar, buyurtma limitlari va o'z Telegram botingiz: do'koningiz Bione'da ochiladi.
• Jamoa — har bir xodimga o'z huquqi, kassirga alohida kalit; kim nimani o'zgartirganini jurnalda ko'rasiz.
Show more
+2
What's New in Bione POS
0.2.1
November 8, 2026
New features




