Bip: haydovchi bilan aloqa

Bip: haydovchi bilan aloqa

Stiker, servis, eslatmalar

0 ratings
Free
In-App Purchases

Rating summary

Details

Released
September 13, 2026
Updated
October 28, 2026

Features

Background Location Access

Bip: haydovchi bilan aloqa screenshot #1 for iPhone
Bip: haydovchi bilan aloqa screenshot #2 for iPhone
Bip: haydovchi bilan aloqa screenshot #3 for iPhone
Bip: haydovchi bilan aloqa screenshot #4 for iPhone
Bip: haydovchi bilan aloqa screenshot #5 for iPhone
Bip: haydovchi bilan aloqa screenshot #6 for iPhone
Bip: haydovchi bilan aloqa screenshot #7 for iPhone
Bip: haydovchi bilan aloqa screenshot #8 for iPhone
Bip: haydovchi bilan aloqa screenshot #9 for iPhone
Bip: haydovchi bilan aloqa screenshot #10 for iPhone
iphone
ipad
🖼️Get Icon
Icons↘︎

About

Bip (bip.uz) — mashina egasiga telefon raqamisiz xabar yuborish ilovasi. Oynangizga Bip QR stikerini yopishtirasiz: mashinangiz yo'lni to'sib qo'ysa, fari yoniq qolsa yoki signalizatsiya chalinsa, istalgan odam QR ni skanerlab sizga xabar yuboradi yoki qo'ng'iroq qiladi. Raqamingiz hech kimga ko'rinmaydi. Bip'ni yuklab oling, stikerni uch qadamda ulang — oyna ostidagi qog'ozlar bilan xayrlashing. Bip'da signal, qo'ng'iroq, tarix, eslatmalar va servis yozuvlari bepul. RAQAMSIZ ALOQA • Oynaga telefon raqami yozish shart emas — raqamingiz maxfiy qoladi. • Xabar yuboruvchiga ilova kerak emas: QR telefon kamerasi bilan brauzerda ochiladi. • Tayyor xabarlar: «Chiqolmayapman, yo'l bering», «Faringiz yoqiq qolgan», «Signalizatsiya ishlayapti», «Mashinangizga tegib ketishdi». • Raqamsiz qo'ng'iroq: sizga brauzerdan qo'ng'iroq qilishadi, ikki tomonda ham raqamlar ko'rinmaydi. • Bir bosishda javob: «Chiqyapman» (2, 5 yoki 10 daqiqada) yoki «Chiqolmayman». • Bezovta qiluvchini bloklash — u buni bilmaydi. Tunda signallar ovozsiz keladi. • Push kelmasa, signal Telegram'ga tushadi. MASHINA HAQIDA HAMMASI BIR JOYDA • Probeg o'zi sanaladi: telefon mashinaga (CarPlay yoki Bluetooth) ulanganda. • Mashina qayerda: to'xtagan joyingiz o'zi saqlanadi — qayerda qoldirganingizni eslash shart emas. • Sug'urta, texko'rik va tonirovka muddatlari haqida eslatma — o'z vaqtida, jarimasiz. • Bosh ekranda mashinangizga MIB taqiqi bo'lsa ogohlantirish. • Servis tarixi: moy, filtr va boshqa xizmatlar; servis chekida har bir tovar narxi. • Moy va filtrni almashtirish vaqti kelganda eslatma. • Bitta ilovada bir nechta mashina. AVTOSERVIS — ASABSIZ • Mashinangiz servisda bo'lsa — holati qulf ekranida va Dynamic Island'da: qabul qilindi, ishlanmoqda, tayyor. Ilovani ochish shart emas. • Taxminiy tayyor bo'lish vaqtigacha sanoq va mashina tayyor bo'lganda ovozli xabar. • Avtoservislarda keshbek va doimiy mijoz chegirmasi. YO'LDA VA ISHLAR BO'YICHA • Yo'lda yordam: xaritada radar — siz turgan joy, yaqin servislar va qidiruv radiusi 1 km dan 50 km gacha kengayib boradi. • Yaqin avtomaktablar xaritada: manzil, qo'ng'iroq, Telegram. • Yaqin notariuslar: e-notarius.uz da navbatga yozilish va kerakli hujjatlar ro'yxati. OYINGIZ BIP BILAN • Ogohlantirishlar, rahmatlar, qo'ng'iroqlar, servis va tejalgan pul — raqamlarda va chiroyli kartochkada. Do'stlarga ulashing. • «Mening sahifam»: QR skanerlanganda ismingiz, havolalaringiz va xohlasangiz telefoningiz. QANDAY ISHLAYDI 1. Bip stikerini mashina oynasiga yopishtiring. 2. Ilovada QR ni skanerlang va davlat raqamini yozing. 3. Tayyor — endi sizga raqamsiz xabar yozishadi. Mashinani sotsangiz, stikerni uzasiz — yangi egasi uni o'ziga ulaydi. BIP EKOTIZIMI • Bip — mashina egalari uchun (shu ilova). • Bip Business — avtoservislar uchun: mijozlar, eslatmalar, qarzlar va hisobot. • Bip Auto — mashina monitori (magnitola) uchun: probeg o'zi yoziladi. Bip'ni yuklab oling va stiker oling — atrofda haydovchilar qancha ko'p bo'lsa, qo'ng'iroq va qog'ozsiz kelishish shuncha oson. Bip haqida to'xtash joyidagi qo'shningizga ham ayting! Ilova o'zbek, rus va ingliz tillarida. Sayt: bip.uz Foydalanish shartlari (EULA): https://bip.uz/terms Maxfiylik siyosati: https://bip.uz/privacy
Show more
+5

What's New in Bip

1.2.23

October 28, 2026

• Mac'da xarita endi Apple Maps'da: parkovka, servislar va safar marshruti ko'rinadi. • Navigator: boshqa telefonda saqlagan joylaringiz (Uy, Ish, oxirgi manzillar) iPhone'da ham chiqadi. • Apple Watch telefonga tezroq ulanadi. • Oila a'zosi signal tafsilotida «Bloklash» tugmasini ko'rmaydi — buni mashina egasi qiladi. • Barqarorlik va kichik tuzatishlar.

More
2

Subscriptions & In-App Purchases

bip Premium

Every paid bip feature for a year

$7.991 Year
How to cancel Bip subscription ⁉️

Developer apps