Birga

Birga

Oila uchun joylashuv ilovasi

0 ratings
Free

Rating summary

Details

  • Released
  • Updated
  • September 17, 2026
  • September 19, 2026

Background Location Access

Birga screenshot #1 for iPhone
Birga screenshot #2 for iPhone
Birga screenshot #3 for iPhone
Birga screenshot #4 for iPhone
Birga screenshot #5 for iPhone
🖼️Get Icon
Icons↘︎

About

Birga butun oilangizni bitta jonli xaritada ko'rsatadi. Bir-biringizni qidirib qo'ng'iroq qilishning hojati yo'q. Birga'ni oching va ko'ring — kim uyda, kim yo'lda, kim maktabga yetib keldi. BITTA XARITA. BUTUN OILA. • Oila a'zolaringiz bitta jonli xaritada • Harakatda yoki to'xtaganini ko'rsatadi • Batareya darajasi va oxirgi yangilanish vaqti har kimning yonida • Aloqa uzilganda belgi kulrang bo'ladi — eski ma'lumot yangidek ko'rinmaydi • Yandex xaritalari — O'zbekiston ko'chalari uchun eng aniq manba FAQAT O'ZARO ROZILIK BILAN • Har kimning o'z Birga ID'si bor — havolani ulashing yoki ID orqali toping • So'rovni qabul qilmaguningizcha hech kim sizni ko'rmaydi • Telefon raqamini bermasdan qo'shish mumkin • Istalgan vaqtda ro'yxatdan chiqarish mumkin • Reklama yo'q. Ma'lumotlaringiz sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi. SAQLANGAN JOYLAR • Uy, maktab, ish — muhim joylarni bir marta belgilang • Keyin xaritada koordinata emas, tanish nom ko'rinadi • Ilova siz tez-tez boradigan joylarni o'zi taklif qiladi XABARLAR VA SALOM • Do'st bilan shaxsiy suhbat — ilovadan chiqmasdan • Yuborildi va o'qildi belgilari • «Salom» — javob kutmaydigan qisqa ishora • Kimdir yaqiningizga kelganda xabar olasiz FON REJIMIDAGI JOYLASHUV Oilangiz sizni ilova yopiq bo'lganda ham xaritada ko'rishi uchun Birga joylashuvni fonda yangilab turadi. Shuning uchun «Doim ruxsat berish» kerak bo'ladi. Fonda joylashuvdan doimiy foydalanish batareya sarfini oshiradi. Ruxsatni telefon sozlamalaridan istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin. MAXFIYLIK • Joylashuv tarixi 60 kundan ortiq saqlanmaydi — undan eskisi avtomatik o'chiriladi • Telefon raqamingiz, kontaktlaringiz, kalendar, SMS va qo'ng'iroqlar tarixi yig'ilmaydi • Hisobni o'chirish ilova ichida, bir necha tegishda • To'liq siyosat: https://birga-app.uz/privacy Birga hozircha butunlay bepul — obuna ham, ilova ichida xarid ham yo'q. O'zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi.
Show more
+1

What's New in Birga

1.0.2

September 19, 2026

- Performance increased - Bug fix

Developer apps