
Bitik:kitoblar va kutubxonalar
Kutubxonalar — bitta ilovada
0 ratings
Free
Rating summary
About
Bitik kitobxonlar, kutubxonalar va nashriyotlarni yagona bilim makonida birlashtiradi. Kerakli kitobni toping, u qaysi kutubxonada borligini bilib oling va bepul o‘qib turing.
HAR QANDAY KITOB — BITTA QIDIRUVDA
Nomi yoki muallifini yozing — Bitik butun mamlakat kutubxonalari fondidan izlaydi. Kitob qayerda borligini uydan chiqmasdan bilib olasiz.
ENG YAQIN KUTUBXONA — XARITADA
Qaysi kutubxona yaqin va hozir ochiqmi — bir qarashda ko‘rasiz. Kun va soatni tanlab, ish vaqtini oldindan tekshirishingiz mumkin.
SKANERLANG — KITOB SIZNIKI
O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatiladigan kutubxonalarda kitob ortidagi QR yorliqni skanerlang: navbatsiz olasiz, muddatini kuzatasiz va o‘zingiz topshirasiz.
O‘QISHINGIZ — BIR JOYDA
Qo‘lingizdagi kitoblar, bronlar, saqlangan va o‘qilgan kitoblar — barchasi bitta ro‘yxatda. Qaytarish muddati yaqinlashganda eslatma keladi.
MOLIYAVIY SAVODXONLIK
Bitik moliyaviy atamalar lug‘ati, mavzuli to‘plamlar va loyihalar murakkab iqtisodiy bilimlarni har kim uchun tushunarli qiladi.
YANGILIKLAR VA HIKOYALAR
Kutubxonalar va kitobxonlar hamjamiyati yangiliklarini kuzatib boring.
Bitik orqali kitob ijarasi hamma uchun bepul — faqat kitobni o‘z vaqtida qaytaring, toki uni boshqalar ham o‘qiy olsin.
Ilova o‘zbek, rus va ingliz tillarida.
Show more
+1
What's New in Bitik
1.0.2
November 4, 2026
Ilova yangi Alifboga moslandi




