Free

Rating summary

Details

  • Released
  • Updated
  • April 16, 2026
  • August 6, 2026

Features

Bozorlik screenshot #1 for iPhone
Bozorlik screenshot #2 for iPhone
Bozorlik screenshot #3 for iPhone
Bozorlik screenshot #4 for iPhone
iphone
ipad
🖼️Get Icon
Icons↘︎

About

Bozorlik — xarid qilishni osonlashtiradigan aqlli ro'yxat ilovasi. Katalogdan mahsulot tanlang, ovoz bilan ro'yxat yarating, oila a'zolari bilan ulashing va hech narsani unutmang. Katalogdan tez tanlash 200+ mahsulot kategoriyalarga bo'lingan. Sabzavotlar, mevalar, sut mahsulotlari, go'sht, non — kerakli mahsulotni bir tegish bilan ro'yxatga qo'shing. Har bir mahsulot uchun miqdor va o'lchov birligi avtomatik belgilanadi. Ovozli ro'yxat yaratish Mikrofon tugmasini bosing va kerakli mahsulotlarni ayting. Ilova ovozni tanib, mahsulotlarni avtomatik ro'yxatga qo'shadi. Qo'llaringiz band bo'lganda juda qulay. Oila bilan ulashing Ro'yxatni bir tugma bilan oila a'zolaringizga yuboring. Ular ham mahsulotlarni qo'shishi, o'chirishi va sotib olingan deb belgilashi mumkin. Ruxsatlarni har bir ishtirokchi uchun alohida sozlang. Telegram bot bilan sinxronlash @uzbozorlikbot orqali yaratgan ro'yxatlaringiz iOS ilovada avtomatik ko'rinadi. Aksincha ham ishlaydi — ilovada yaratgan ro'yxatlaringiz Telegram Mini App'da paydo bo'ladi. Eslatmalar Xarid qilish vaqtini belgilang — ilova sizga eslatadi. Eslatmani ma'lum ro'yxatga bog'lang yoki oddiy eslatma sifatida qo'shing. Taomlar va retseptlar Nima tayyorlashni bilmayapsizmi? Taomlar bo'limidan retsept tanlang. "Tasodifiy taom" tugmasi sizga g'oyalar beradi. Ingredientlarni bir tugma bilan xarid ro'yxatiga qo'shing.
Show more

What's New in Bozorlik

1.5.3

August 6, 2026

Dark mode

Developer apps