
Dunno: narxlar va chegirma
Narxlarni solishtiring
0 ratings
Free
Rating summary
About
Bitta mahsulot — har do'konda har xil narx. Dunno o'sha narxlarni yonma-yon qo'yadi, shunda siz sotib olishdan oldin qayerda arzonroq ekanini ko'rasiz.
NIMA QILA OLASIZ
• Qidiruv va kategoriyalar — kerakli mahsulotni toping va uni sotayotgan do'konlar narxini bitta ekranda ko'ring.
• Narxlar tarixi — narx haqiqatan tushganini yoki avval ko'tarilganini grafikdan tekshiring.
• Chegirmalar — bugungi tushgan narxlar va takliflar bir joyda.
• Saqlangan mahsulotlar — kuzatmoqchi bo'lgan narsalarni ro'yxatga qo'shing.
• AI yordamchi — nima sotib olishni bilmasangiz, oddiy til bilan so'rang: byudjet, ehtiyoj yoki taqqoslash bo'yicha yordam beradi.
• Bildirishnomalar — yangiliklar va takliflar ilova ichidagi bo'limda to'planadi.
QAYSI DO'KONLAR
Uzum Market, Mediapark, OpenShop, Idea, Asaxiy, Texnomart, Olcha va Yandex Market.
Dunno bu do'konlar bilan hamkor emas, ular tomonidan tasdiqlanmagan va ularga aloqador emas. Biz do'konlarning ochiq e'lonlaridagi narxlarni yig'amiz.
HALOL TAQQOSLASH
Narx takliflari va taqqoslash natijalari hech qachon pul evaziga joylashtirilmaydi, reklama sifatida ko'tarilmaydi va pul uchun qayta tartiblanmaydi. Hech bir do'kon ro'yxatda o'ziga yaxshiroq o'rinni sotib ola olmaydi. Ilova ichida banner reklamalar bo'lishi mumkin, lekin ular narxlar ro'yxatiga ta'sir qilmaydi.
DUNNO NIMA EMAS
Dunno — do'kon emas. Biz hech narsa sotmaymiz, to'lov qabul qilmaymiz, yetkazib bermaymiz va qaytarishni rasmiylashtirmaymiz. Xarid do'konning o'z saytida, o'sha do'kon shartlari asosida amalga oshiriladi. Narx va mavjudlik do'kon sahifasida o'zgargan bo'lishi mumkin — sotib olishdan oldin tekshiring.
BEPUL VA RO'YXATSIZ
Mahsulotlarni ko'rish, qidirish va narxlarni taqqoslash uchun hisob ochish shart emas. Tizimga kirish faqat ikki narsa uchun kerak: AI yordamchisi va mahsulotlarni saqlab qo'yish. Kirish Apple yoki Google orqali.
Savol yoki taklif: support@dunno.uz
Show more
What's New in Dunno
1.0.3
September 12, 2026
Yangi qidiruv tizimi - endi Suniy Idrok bilan! - Siz uchun tanlangan mahsulotlar - Ommabop turkumlar va brendlar bir joyda - Bannerni bosing - barcha mahsulotlar ro'yxati ochiladi - Video bannerlar bilan jonli ko'rinish - Yaqinda ko'rilgan va saqlangan takliflar qo'l ostida Shuningdek: lentani yangilash va mahsulotlarni filtrlashdagi xatolar tuzatildi, ilova hajmi kichraytirildi.
More



