
Free
About
E-Kengash — mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari (Mahalliy Kengashlar) faoliyatini raqamli ko'rinishda tashkil etuvchi rasmiy platformaning mobil ilovasi. Ilova deputatlar va Kengash a'zolariga sessiyalar, qarorlar va hujjatlar bilan istalgan joyda, real vaqt rejimida ishlash imkonini beradi.
Asosiy imkoniyatlar:
Onlayn ovoz berish — sessiyalarda masalalar bo'yicha xavfsiz va shaffof tarzda ovoz bering, natijalarni jonli kuzating.
Hujjatlar bilan ishlash — Kengash qarorlari, bayonnomalar va imzolangan hujjatlarni ko'rish va yuklab olish.
Sessiyalar jadvali — bo'lajak yig'ilishlar, kun tartibi va bildirishnomalar bilan tanishing.
Kengash tarkibi va tarixi — deputatlar ro'yxati, komissiyalar va Kengash faoliyati bo'yicha ma'lumotlar.
Deputat so'rovlari — murojaat va so'rovlarni shakllantirish hamda ko'rib chiqilish holatini kuzatish.
Bildirishnomalar — muhim voqealar, ovoz berish va yangi hujjatlar haqida tezkor xabarnomalar.
Show more
What's New in E
1.0
August 25, 2026








