
EduCoin School
Coin + CRM platforma
0 ratings
Free
Rating summary
About
O'quv markazingizdagi coin tizimini qog'ozdan ilovaga ko'chiring. Ustoz coin beradi, o'quvchi sovg'aga almashtiradi, ota-ona hammasini telefonida ko'radi.
Davomat, natijalar va rag'batlantirish — bitta joyda, shaffof va hisobli bo'ladi.
MUHIM: ilovaga o'quv markazingiz yoki maktabingiz bergan akkaunt bilan kiriladi. Mustaqil ro'yxatdan o'tish yo'q. Markazingiz EduCoin platformasidan foydalanmasa, ilovaga kira olmaysiz.
QANDAY MUAMMONI HAL QILADI
Ko'p o'quv markazlarda rag'batlantirish tizimi allaqachon bor — lekin qog'ozda. Kimda nechta coin bor, kim qachon va nima uchun bergan, hisob to'g'rimi — bu savollarga aniq javob yo'q. Natijada o'quvchi ishonchini yo'qotadi, ustoz vaqtini sarflaydi, direktor esa umumiy manzarani ko'rmaydi.
EduCoin School shu hisobni avtomatlashtiradi. Har bir coin sababi bilan yoziladi, har bir o'quvchi o'z balansini ko'radi, har bir ota-ona farzandi natijasidan xabardor bo'ladi.
USTOZLAR UCHUN
- Guruhlar va dars jadvali — kunlik ish rejasi bir ekranda
- Davomatni bir bosishda belgilash
- O'quvchiga sabab bilan coin berish: uy vazifasi, faol ishtirok, test natijasi
- Berilgan coinlar tarixi va guruh bo'yicha statistika
- O'quvchilarning faollik ko'rsatkichlari
O'QUVCHILAR UCHUN
- Coin balansi va u qanday to'planganining to'liq tarixi
- Markazingiz sovg'alari katalogi va har birining narxi
- Sovg'agacha qancha qolganini ko'rish
- Davomat, dars jadvali va imtihon natijalari
- Guruh reytingidagi o'z o'rni
OTA-ONALAR UCHUN
- Farzandingiz darsga keldimi — bilib turasiz
- Coin, natija va faollik dinamikasi
- To'lovlar va qarzdorlik holati
- Markaz sozlagan bo'lsa, Telegram orqali avtomatik xabarlar
COIN QANDAY ISHLAYDI
O'quvchi darsga kelgani, uy vazifasini bajargani va faolligi uchun coin oladi. To'plangan coinlarni markaz belgilagan sovg'alarga almashtiradi — kitob, kepka, kurs chegirmasi yoki kattaroq mukofot.
Har bir markaz o'z coin qiymatini, sovg'alar ro'yxatini va shartlarini mustaqil belgilaydi. Coin — markaz ichidagi shartli birlik: u pul emas, naqdga almashtirilmaydi va markazdan tashqarida qiymatga ega emas.
NEGA BU ISHLAYDI
Bola bugungi harakati uchun bugun natija ko'radi. Uzoq muddatli maqsad ("keyingi yil imtihon") o'rniga yaqin va aniq maqsad paydo bo'ladi. Amaliyotda bu davomatni oshiradi va darsga munosabatni o'zgartiradi.
Ota-ona esa birinchi marta farzandi markazda nima qilayotganini kunma-kun ko'radi — chorak oxirida emas.
MARKAZINGIZ UCHUN
EduCoin 50 dan ortiq o'quv markaz va xususiy maktabda, 10 000 dan ortiq o'quvchi bilan ishlaydi.
Platformani markazingizga ulash bo'yicha: educoin.uz
Ilovada reklama yo'q, ichki xaridlar yo'q, uchinchi tomon kuzatuvchilari yo'q. Ma'lumotlar O'zbekiston hududidagi serverlarda saqlanadi.
Maxfiylik siyosati: educoin.uz/doc/privacy-school.html
Aloqa: info@educoin.uz
Show more
What's New in EduCoin School
1.8.16
October 5, 2026
• Ustozlar uchun davomat va coin sahifalari yangilandi • Mayda xatoliklar tuzatildi


