Formula — ozish ilovasi

Formula — ozish ilovasi

Diyetasiz, qayta semirmaslik

0 ratings
Free

Rating summary

Details

Released
July 2, 2026
Updated
November 2, 2026

Features

Formula — ozish ilovasi screenshot #1 for iPhone
Formula — ozish ilovasi screenshot #2 for iPhone
Formula — ozish ilovasi screenshot #3 for iPhone
Formula — ozish ilovasi screenshot #4 for iPhone
Formula — ozish ilovasi screenshot #5 for iPhone
Formula — ozish ilovasi screenshot #6 for iPhone
Formula — ozish ilovasi screenshot #7 for iPhone
iphone
ipad
🖼️Get Icon
Icons↘︎

About

Diyetada ozish mumkin, qiyini - qayta semirmaslik. Formula diyeta emas: ilova ovqatlanish odatingizni asta-sekin o'zgartiradi. Odat o'zgarsa, vazn qaytmaydi. NEGA VAZN QAYTADI Diyetada odam ozadi, lekin diyeta tugagach eski odat qaytadi - vazn ham qaytadi. Formula nimani, qancha va nega yeyishni o'rgatadi. Osh ham, non ham mumkin. Och qolmaysiz, taqiqlar ro'yxati yo'q. DOKTOR FERUZ KIM Doktor Feruz - shifokor, 4 yildan beri sog'lom ozishni o'rgatadi. Uning "Ongli Ozish" kursida 4 yilda 13 396 kishi qatnashgan. Metod dori, detoks va och qolishsiz ishlaydi. Formula - shu metodning ilova ko'rinishi. ILOVADA NIMA BOR - Qisqa darslar: Doktor Feruz oddiy tilda tushuntiradi - ozish uchun nima qilish kerak va nega. - Har kuni kichik vazifa: bajarish juda oson. - Ordinator: AI yordamchi. Ovqat va odat haqidagi savolingizga kechasi ham o'zbekcha javob beradi. - AI-kamera: ovqatni rasmga oling, ilova kaloriya, oqsil, yog' va uglevodni taxminan hisoblaydi. - Vazn grafigi: natijangiz hafta, oy va yil kesimida ko'rinib turadi. - Qadamlar: Apple Health bilan ulanadi (faqat qadamlar o'qiladi). KIMLAR UCHUN Avval ozib, keyin qayta semirganlar. Diyeta va parhezdan charchaganlar. Sog'lom ozish uchun oddiy va tushunarli yo'l izlayotganlar. Formula bilan sog'lom ozishni bugundan boshlang. MUHIM Formula tibbiy qurilma emas: kasallikka tashxis qo'ymaydi, uni davolamaydi va oldini olmaydi. Homiladorlik yoki emizish davrida, qandli diabet, yurak, buyrak, qalqonsimon bez kasalliklari, ovqatlanish buzilishlari bo'lsa yoki doimiy dori ichsangiz, avval shifokoringiz bilan maslahatlashing. Kaloriya qiymatlari taxminiy. Natijalar har kimda har xil bo'ladi. Ilova 18 yoshdan kattalar uchun.
Show more
+1

What's New in Formula

1.0.18

November 2, 2026

• Yangi ilova belgisi. • Kamera: «To‘g‘rimi?» kartasida 3 ta javob — Ha / Boshqa variant / Bilmayman. Har bir taomdan keyin izoh qo‘shsa bo‘ladi, kaloriya izohga qarab qayta hisoblanadi. • Menyuda yo‘q taomni grammi bilan qo‘shsa bo‘ladi. Bazada yo‘q taomni AI baholaydi. • Ovqat sahifalari tezroq ochiladi. • Qadamlar: maqsad 30 kunlik o‘rtacha bo‘yicha qo‘yiladi, ilovaga qaytganda qadamlar yangilanadi. Apple Health ulanishi tuzatildi. • Yarim tundan keyin kaloriya va suv yangi kunga o‘tadi. • Xatolar tuzatildi: «Salomatlik» savollari, gramm kiritish, suv kiritishdagi klaviatura, tug‘ilgan sanani tanlash, katta shriftda ko‘rinish, vazn grafigi, video darslar.

More

Developer apps