
Gemza Dashboard
Do‘kon savdosi va foydasi
0 ratings
Free
Rating summary
About
Gemza Dashboard — REGOS ERP ishlatadigan do‘kon egasi uchun mobil boshqaruv paneli. Kunlik savdo, foyda, qoldiq va yo‘qotishni telefoningizdan kuzatasiz.
ASOSIY
• Bugungi sof savdo — kecha va o‘tgan hafta shu soatgacha bo‘lgan natija bilan yonma-yon
• Yalpi foyda va marja foizi
• Cheklar soni va o‘rtacha chek
• To‘lov turlari: naqd, karta, nasiya
• Qaytarishlar va odatdan ortib ketganda ogohlantirish
STOK
• Qoldiq nazorati va tugab qolayotgan tovarlar
• Yo‘qotish (chiqim) tahlili
• Peresort — bir tovar o‘rniga boshqasi sotilgani belgisi
• Tovar bo‘yicha foyda va marja
PUL
• Foyda-zarar (P&L) kartasi
• Nasiya oqimi: berilgan, qaytarilgan, qoldiq
• Kassa va hisob balanslari
PROGNOZ
Hisob-kitob telefonning o‘zida bajariladi: kunlik savdo prognozi, ABC/XYZ tasnifi va qoldiq nomuvofiqligini aniqlash.
ULANISH
Ilova REGOS‘ga to‘g‘ridan ulanmaydi. U Gemza gateway orqali ishlaydi: REGOS kaliti serverda qoladi, telefonda faqat Gemza tokeni saqlanadi. Tokenni gemza.uz kabinetidan olasiz.
Ilova faqat o‘qiydi — sizning REGOS ma’lumotingizni ko‘rsatadi, hech narsani o‘zgartirmaydi.
Ishlash uchun amaldagi Gemza obunasi va REGOS hisobi kerak.
Show more
What's New in Gemza Dashboard
1.0
September 16, 2026




