
GrowMock
Kirish imtihoniga tayyorlov
0 ratings
Free
Rating summary
About
GrowMock ilovasida milliy sertifikat va oliy ta'limga kirish imtihonlariga tayyorlanish uchun test variantlarini telefoningizda yechasiz.
Fanni tanlaysiz, variantni ochasiz, testni boshlaysiz. Savollar soni va vaqt test boshlashdan oldin ko‘rinib turadi. Vaqt tugaguncha istalgan savolga qaytib, javobingizni o‘zgartirishingiz mumkin.
Ilovada nimalar bor:
• Fanlar va mavzular bo‘yicha test variantlari
• Savollar ro‘yxati: qaysi savolga javob berganingiz va qaysi biri qolganini bir qarashda ko‘rasiz
• Testni yakunlashdan oldin javobsiz savollar soni haqida eslatma
• Natija ball va to‘g‘ri hamda noto‘g‘ri javoblar soni bilan ko‘rsatiladi
• Natijadan keyin javoblaringizni ko‘rib chiqish va, mavjud testlarda, savol tushuntirishini ochish
• Testni qayta topshirish
• So‘nggi natijalar va o‘rtacha ball bosh sahifada
Test o‘rtasida ilovadan chiqib ketsangiz, javoblaringiz saqlanadi. Tugallanmagan testni bosh sahifadan davom ettirasiz. Vaqt esa to‘xtamaydi, shuning uchun imtihondagidek rejalashtiring.
Internet uzilib qolsa ham testni tugatishingiz mumkin. Natija aloqa qaytgach o‘zi yuboriladi.
Kirish oddiy: Telegram, Google yoki Apple orqali. SMS kutish shart emas.
Ilova o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi. Tilni Profil bo‘limidan almashtirasiz. Akkauntni ham istalgan paytda Profil bo‘limidan o‘chirib tashlashingiz mumkin.
Savollaringiz bo‘lsa, ilovadagi Yordam bo‘limi orqali Telegramda yozing. Maxfiylik siyosati: growmock.uz/privacy
GrowMock ilovasidagi natijalar o‘quv maqsadida beriladi va rasmiy imtihon bahosi hisoblanmaydi.
Show more
+2
What's New in GrowMock
1.0.1
November 7, 2026
Xatolar tuzatildi, yangi imkoniyatlar qo‘shildi





