
JoyBor: Futbol Maydon Bron
Stadion band qilish va o'yin
0 ratings
Free
Rating summary
About
JoyBor — O'zbekistonda futbol maydonlarini onlayn bron qilishning eng oson yo'li.
Maydon qidirib, egasiga qo'ng'iroq qilib, bo'sh vaqt bormi deb so'rab o'tirmang. JoyBor'da bo'sh soatlarni real vaqtda ko'rasiz, vaqtni tanlaysiz va bir necha soniyada band qilasiz.
OCHIQ O'YINLAR — JAMOANGIZ BO'LMASA HAM O'YNANG
• Yaqin atrofdagi o'yinlar: vaqti, maydoni, narxi va nechta joy qolgani
• Bir tugma bilan yoziling — joyingiz kafolatlangan
• O'zingiz o'yin yarating va do'stlaringizni havola orqali taklif qiling
• O'yin kerakli ishtirokchi yig'ilganda bo'lib o'tadi
MAYDON BRON QILISH
• Bo'sh va band soatlar real vaqtda ko'rinadi
• Sana, vaqt va narx oralig'i bo'yicha filtrlar
• Har hafta takrorlanadigan bron — doimiy jamoangiz uchun bir marta sozlang
• Bron raqamingiz va holati doim qo'lingizda
TO'LOV
• Kartangizni bir marta qo'shing va ilovada xavfsiz to'lang
• Ba'zi maydonlarda faqat bo'nak yechiladi, qolganini joyda to'laysiz
• Barcha bronlaringiz "Mening bronlarim" bo'limida saqlanadi
YAQINDAGI MAYDONLAR
• Eng yaqin maydonlarni xaritada toping va masofani ko'ring
• Google, Yandex yoki Apple xaritalarida yo'lni oching
• Maydon egasi bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'laning
• Yoqqan maydon yoki o'yinni havola orqali do'stlarga ulashing
Bronlaringiz bo'yicha push-bildirishnomalar — tasdiqlash va o'zgarishlardan xabardor bo'lib turasiz.
Futbol maydonlaridan tashqari JoyBor'da sartaroshxona, go'zallik saloni, o'yin-kulgi va dam olish joylarini ham band qilishingiz mumkin.
JoyBor — maydon top, bron qil, o'yna.
Show more
What's New in JoyBor
1.2.11
October 17, 2026
- Ilovada hatoliklar tog'rlani - Ochiq o'yinlar qoshildi - Yanada ko'proq imkoniyatlar qoshildi
More




