
Kitob Go
Onlayn kitob do'koni
0 ratings
Free
About
Kitob Go — O'zbekistondagi onlayn kitob do'koni. Islomiy adabiyot, tarjima asarlar va to'plamlarni telefoningizdan tanlab, eshigingizgacha yetkazib oling.
NIMA QILA OLASIZ
• Katalogni janrlar bo'yicha ko'rish: islomiy kitoblar, odob va axloq, to'plamlar
• Kitob, muallif yoki nashriyot bo'yicha qidirish
• Har bir kitobning muqovalari, annotatsiyasi va narxini ko'rish
• Yoqqan kitoblarni sevimlilarga qo'shib qo'yish
• Savatga solib, bir necha kitobni birga buyurtma qilish
• Buyurtmalaringiz holatini kuzatib borish
YETKAZIB BERISH VA TO'LOV
Butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib beramiz — yetkazib berish narxi hududga qarab buyurtma berishda ko'rsatiladi. To'lovni kitobni qo'lingizga olganingizdan keyin kuryerga naqd qilasiz.
LOTIN VA KIRILL
Ilovani birinchi ochganingizda qaysi alifboda o'qishni tanlaysiz — lotin yoki kirill. Keyin Sozlamalardan istalgan payt almashtirasiz. Kitoblar esa o'z nashridagi alifbosida qoladi.
TUNGI TEMA
Telefoningiz tungi rejimga o'tsa, ilova ham o'zi qorayadi. Kechqurun kitob tanlash ko'zni charchatmaydi.
ALOQA
Savollaringiz bo'lsa: support@kitobgo.com yoki +998 77 448 80 80.
Sayt: kitobgo.com
Show more
What's New in Kitob Go
2.4.0
November 9, 2026
Yangi versiyada: • Kitob sahifasi yangilandi: chegirma so'mda ko'rsatiladi, o'xshash kitoblar, muallifning boshqa kitoblari, rasmlarni kattalashtirib ko'rish. • Bosh sahifada yangi tokcha: «Islomiy kitoblar». • Yordam: Telegram orqali bog'lanish, buyurtma sahifasidan ham. • Profil: rejim va alifbo tanlovi profilda, «Hisobdan chiqish» alohida. • Punkt ish vaqti ixcham, yetkazish muddati aniqroq. • Ilova tezroq ishlaydi: rasmlar kerakli o'lchamda yuklanadi.
More





