
Free
Rating summary
About
Kutma Business — tashkilotlar va xizmat ko'rsatuvchilar uchun navbatlarni boshqarish ilovasi.
Mijozlar Kutma ilovasi orqali navbat raqami oladi, siz esa barcha navbatlarni real vaqtda boshqarasiz: xizmatlarni ochasiz/yopasiz, operatorlarni tayinlaysiz va statistikani kuzatasiz.
Imkoniyatlar:
• Tashkilot va filiallar — filiallar yarating, manzil va ish vaqtlarini kiriting
• Xizmatlar — har bir filial uchun xizmatlarni sozlang, davomiylikni belgilang
• Navbatlar — xizmatlar bo'yicha navbatlarni yoqing/o'chiring, joriy raqam va kutayotganlar sonini ko'ring
• Operatorlar — xodimlar uchun hisob yarating, ularni filial yoki xizmatga tayinlang
• Bildirishnomalar — raqam o'zgarganda yoki yangi mijoz kelganda push-bildirishnomalar
• Statistika — qancha mijozga xizmat ko'rsatilgani, o'rtacha kutish vaqti
Kimlar uchun:
• Poliklinikalar va klinikalar
• Davlat xizmat markazlari
• Banklar va to'lov punktlari
• Servis markazlari
• Navbat bo'ladigan har qanday biznes
Kutma Business bilan kutish zalini tartibli qilasiz, mijozlarga aniq navbat berasiz va xodimlaringiz ishini osonlashtirasiz.utma Business — tashkilotlar va xizmat ko‘rsatuvchilar uchun navbatlarni boshqarish ilovasi.
Show more
What's New in Kutma Business
1.4
October 3, 2026
Ushbu yangilanishda: • Muqova rasmini kesish — tashkilot va filial rasmini to‘g‘ri nisbatda (16:9) joylashtiring, sifat past bo‘lsa ogohlantiramiz • Rasmlar avtomatik optimallashtiriladi — mijozlarda tezroq yuklanadi • Brend ranglari — tanlagan rangingiz endi mijozlar ilovasida tashkilot sahifasi, xizmatlar va biletlarda ko‘rinadi; xohlasangiz kategoriya rangiga qaytarish mumkin • Bildirishnomalarda bilet raqami (masalan, K-001) ko‘rsatiladi • Dizayn yaxshilandi, kichik xatolar tuzatildi
More



