
Minni Kids
Sonlar va mantiq o'yinlari
0 ratings
Free
Rating summary
About
Minni Kids — 5–8 yoshli bolalar uchun o'zbek tilidagi o'yinli ta'lim ilovasi. Bola robot Minni bilan orollar bo'ylab sayohat qiladi va har bir bekatda qisqa, qiziqarli topshiriqlar bajaradi.
Nimani o'rgatadi
• Sonlar: sanash, qo'shish, o'lchov, tarozi, bo'laklar
• Mantiq: naqshlar, guruhlar, o'xshashlar, tartib
• Algoritm: robot yo'li, kodlar, takrorlash, «agar» qoidalari
• Muammo yechish: shakllar, qisqa yo'l, xatotopar
Qanday ishlaydi
• Bilim tekshiruvi bolaning darajasini 5–7 daqiqada aniqlaydi va yo'lni mos joydan boshlaydi.
• Har bir topshiriqni Minni ovoz bilan tushuntiradi — o'qishni hali bilmagan bola ham mustaqil o'ynaydi.
• Xato qilsa, Minni yordam beradi; uchinchi urinishda yechimni ko'rsatadi.
• Orol xazinalari va haftalik reyting bolani har kuni qaytishga undaydi.
Ota-onalar uchun
• Ota-ona profilida bolaning haftalik natijalari, qaysi ko'nikmada qiynalayotgani va uyda 3 daqiqalik ekransiz mashg'ulot g'oyalari ko'rinadi.
• Orolni tugatgani uchun bolaga o'z sovg'angizni va'da qilishingiz mumkin — bola uni xazinada topadi.
• Bir hisobda bir nechta bola.
Maxfiylik
Reklama yo'q. Bolaning ma'lumotlari faqat uning o'qishi uchun ishlatiladi va hech kimga sotilmaydi. Hisobni ilovaning o'zida istalgan vaqt butunlay o'chirish mumkin.
Show more
+1
What's New in Minni Kids
1.0.0
November 11, 2026





