
Oson Moliya
Qarz daftar, kassa va ombor
0 ratings
Free
In-App Purchases
Rating summary
About
Oson Moliya — do‘kon, savdo nuqtasi va kichik biznes uchun hisob. Qog‘oz daftar, kalkulyator va "keyin yozib qo‘yaman" o‘rniga — telefoningizdagi bitta ilova.
GAPIRING — FORMA O‘ZI TO‘LADI
"Azizga ikkita Coca-Cola, nasiyaga" deb ayting: mahsulot, soni, mijoz va to‘lov turi formaga o‘zi tushadi. Siz faqat tekshirib, saqlaysiz. Ta’minotchidan kelgan nakladnoyni suratga oling — kirim ham shunday to‘ldiriladi.
QARZ DAFTARI — TELEFONDA
Kim sizga qancha qarz, siz kimga qarzsiz — Asosiy ekranda doim ko‘rinib turadi. Har bir mijoz va ta’minotchi bilan to‘liq hisob-kitob tarixi: sotuvlar, to‘lovlar, qaytarilgan pul. Nasiyaga sotdingizmi — qarz o‘zi yoziladi.
OMBOR VA QOLDIQ
Kirim qilingan tovar omborga, sotilgani ombordan o‘zi ayiriladi. Qaysi tovar kam qoldi, qaysi biri tugadi — oldindan bilasiz. Bir nechta do‘kon yoki ombor bo‘lsa (Pro), har birining qoldig‘i alohida.
KASSA VA FOYDA
Naqd, karta va o‘tkazma — har bir kirim-chiqim kassada. Ijara, kommunal, oylik kabi xarajatlar o‘z toifasida. Oy oxirida tushum, xarajat va sof foyda tayyor — kalkulyatorsiz.
UY XARAJATLARI UCHUN HAM
Shaxsiy hisob turini tanlang: hamyon, oilaviy xarajatlar va do‘stlar bilan qarz-hisob — biznes ekranlarisiz.
XAVFSIZ VA QULAY
• Kirish faqat telefon raqami va SMS kod bilan
• Bir nechta hisob: do‘kon va shaxsiy hisob orasida bir tegishda o‘tish
• Ma’lumotlaringiz serverda saqlanadi — telefon almashsa ham yo‘qolmaydi
• O‘zbek (lotin), rus va ingliz tillarida
• Veb-versiya: app.osonmoliya.uz — kompyuterdan ham ishlash mumkin
OSON MOLIYA PRO
Asosiy imkoniyatlar bepul. Pro obunasi bilan:
• Ovoz va chek rasmi orqali kiritish — kuniga yuzlab marta (bepul tarifda kuniga 15 tadan)
• Bir nechta sklad
• Sotuv, kirim va kassani Excel’ga eksport
Pro oylik yoki yillik obuna sifatida Apple ID hisobingiz orqali to‘lanadi. Obuna joriy davr tugashidan kamida 24 soat oldin bekor qilinmasa, avtomatik yangilanadi. Obunani iPhone sozlamalari → Apple ID → Obunalar bo‘limida boshqarish yoki bekor qilish mumkin.
Foydalanish shartlari (Oferta): https://app.osonmoliya.uz/api/legal/oferta.html
Maxfiylik siyosati: https://app.osonmoliya.uz/api/legal/privacy.html
Show more
What's New in Oson Moliya
1.0.0
November 5, 2026
2
Subscriptions & In-App Purchases
Pro — Yearly
Pro for a year at the best price
$19.991 Year








