Özbekça Klaviatura

Özbekça Klaviatura

Ö Ğ Ş Ç — bitta tugmada

0 ratings
Free

Rating summary

Details

Released
November 1, 2026
Updated
November 2, 2026

Features

Özbekça Klaviatura video #1 for iPhone
Özbekça Klaviatura screenshot #2 for iPhone
Özbekça Klaviatura screenshot #3 for iPhone
Özbekça Klaviatura screenshot #4 for iPhone
Özbekça Klaviatura screenshot #5 for iPhone
Özbekça Klaviatura screenshot #6 for iPhone
Özbekça Klaviatura screenshot #7 for iPhone
🖼️Get Icon
Icons↘︎

About

Yangi alifboda yozish endi qiyin emas. Yangi o‘zbek lotin alifbosida to‘rtta harf o‘zgaradi: o‘ o‘rniga ö, g‘ o‘rniga ğ, sh o‘rniga ş, ch o‘rniga ç. Oddiy klaviaturada bu harflarni qidirib yurasiz: tugmani bosib turasiz, menyudan topasiz. Özbekça Klaviatura’da esa har biri — alohida tugma. Har bir yangi harf o‘z juftining yonida turadi: o yonida ö, s yonida ş, g yonida ğ, c yonida ç. Qo‘l o‘zi topadi, o‘rganib o‘tirish shart emas. Tutuq belgisi ʼ ham alohida tugmada. Bu aynan tutuq belgisi, oddiy ' apostrof emas. Nimalar bor: — Ö, Ğ, Ş, Ç va ʼ — bitta bosishda — So‘z takliflari: yozayotganingizda tepada uchta so‘z chiqadi, bittasini bossangiz — tayyor — Emoji paneli: barcha emoji toifalar bo‘yicha va «Ko‘p ishlatilgan» bo‘limi — Kirill tartibi: «Кир» tugmasi bilan o‘tasiz, «Lat» bilan qaytasiz. Oxirgi tanlagan alifboingiz eslab qolinadi — Kirillda ё va ъ ham o‘z juftining yonida — Gap boshida harf avtomatik katta bo‘ladi, ikki marta probel — nuqta — Shift: bir marta bossangiz — bitta katta harf, ikki marta tez bossangiz — Caps Lock — O‘chirish tugmasini bosib tursangiz, tez o‘chiradi — Qorong‘i va yorug‘ rejim telefon sozlamasiga qarab o‘zi almashadi Maxfiylik haqida: Klaviatura internetga ulanmaydi va hech qanday maʼlumot yig‘maydi. Takliflar telefondagi tayyor lug‘atdan olinadi, yozganlaringiz o‘rganilmaydi va saqlanmaydi. «To‘liq ruxsat» (Full Access) so‘ralmaydi. Qanday yoqiladi: Sozlamalar > Umumiy > Klaviatura > Klaviaturalar > Yangi klaviatura qo‘shish > Özbekça. Savol yoki taklif bo‘lsa, yozing: apple@unitedsoft.uz
Show more

What's New in Özbekça Klaviatura

1.0.0

November 2, 2026

Developer apps