
Qadrdon
Sinfdoshlar to'yona hisobi
0 ratings
Free
Rating summary
About
Qadrdon — sinfdoshlar uchun umumiy to'yona daftari.
Kim kimning to'yiga qancha to'yona berganini endi daftarga yoki Telegram guruhiga yozib, keyin qidirib yurishingiz shart emas. Qadrdon'da har bir to'yona xavfsiz saqlanadi, sinfdoshlaringiz uni ko'radi va tasdiqlaydi.
ASOSIY IMKONIYATLAR
- Sinf guruhlari — maktab, bitiruv yili va sinf bo'yicha guruh. Ikki maktabda o'qigan bo'lsangiz, ikkalasiga ham qo'shilasiz.
- To'yona yozish — pul yoki sovg'a, so'mda yoki dollarda, izoh va rasm bilan.
- Yig'ma to'yona — sinf nomidan yig'ilgan pulda har kimning ulushi alohida hisoblanadi.
- Ikki tomonlama tasdiq — yozuv ikkinchi tomon tasdiqlagandan keyingina hisobga kiradi.
- O'zgarishlar tarixi — yozuvlar o'chirilmaydi, har bir o'zgarish saqlanadi.
- Mening hisobim — barcha guruhlaringiz bo'yicha kimga qancha bergansiz va kimdan qancha olgansiz.
- To'y eslatmalari — sinfdoshingizning to'yi yaqinlashganda bildirishnoma keladi.
- Hisobot — PDF yoki Excel qilib saqlash va ulashish.
QULAY VA XAVFSIZ
- Apple yoki Google akkaunti bilan bir tegishda kirish — parol ham, SMS ham kerak emas.
- Ma'lumotlar bulutda saqlanadi, telefon almashtirsangiz ham yo'qolmaydi.
- Guruh egasi summalarni kim ko'rishini o'zi tanlaydi.
Qadrdon pul o'tkazmaydi — u faqat hisob daftari.
Sinfdoshlik rishtasi — hisobda. Hech narsa unutilmaydi.
Show more
What's New in Qadrdon
1.1.2
October 13, 2026







