Safa — tong budilnigi

Safa — tong budilnigi

Uyg'onmaguningizcha tinmaydi

0 ratings
Free
In-App Purchases

Rating summary

Details

Released
September 14, 2026
Updated
September 30, 2026

Features

Safa — tong budilnigi screenshot #1 for iPhone
Safa — tong budilnigi screenshot #2 for iPhone
Safa — tong budilnigi screenshot #3 for iPhone
Safa — tong budilnigi screenshot #4 for iPhone
Safa — tong budilnigi screenshot #5 for iPhone
Safa — tong budilnigi screenshot #6 for iPhone
Safa — tong budilnigi screenshot #7 for iPhone
Safa — tong budilnigi screenshot #8 for iPhone
Safa — tong budilnigi screenshot #9 for iPhone
🖼️Get Icon
Icons↘︎

About

Tong saharda uyg'otadigan budilnik. U qisqa vazifani bajarmaguningizcha tinmaydi — misol, gap, qadam. Turish-turmaslikni endi yarim uyqudagi barmoq hal qilmaydi. Oddiy budilnik bitta barmoq harakati bilan o'chadi — shuning uchun u sizni uyg'ota olmaydi. Safa sal ko'proq so'raydi, keyin esa xalaqit bermaydi. SAFA 2.0 DA YANGI • Bosh sahifa — osmonning o'zi: taymer haqiqiy ufq ustida, quyosh va oy aynan turgan joyida, kunning namozlari chiziq bo'ylab belgilangan. Barmoq bilan surib, kuningiz bo'ylab yurasiz. • Birga qaytadan chizildi — Tong zinasi: har bir marraga bitta zina, har kim o'z zinasida, siz oltin rangda. • Ilhom yangilandi: Tong taqvimi va kechdan tonggacha tun bo'ylab terilgan uyqu va uyg'onish haqida qisqa maslahatlar. • Ufq — bosh sahifadagi osmon va taymer endi uy ekrani vidjetida. • "Uyg'oqman": budilnikdan oldin turdingizmi? Vazifani oldinroq bajaring — tong baribir hisobga o'tadi. Yoki faqat bir kunni o'tkazib yuboring. • VoiceOver bilan to'liq ishlaydi. QANDAY ISHLAYDI Bitta tong budilnigi qo'yasiz. U chalinganda uni butunlay tindirishning bitta yo'li bor — vazifani bajarish. Ilovada o'nta vazifa bor: bir nechta misol yechish, belgilangan qadamni yurish, gapni aynan ko'chirish, juftlarni topish, telefonni silkitish, qiblaga burilib ushlab turish, xonaning narigi chekkasidagi kodni skanerlash — yoki qisqa matnni o'qish yoki ovoz chiqarib aytishni so'raydigan uchta vazifadan biri. Bittasini tanlang, qiyinligini belgilang yoki uchtagacha ketma-ket qo'ying. Oddiy budilnik kerakmi? "Vazifasiz" — bitta bosish. BEKOR BO'LMAYDI Budilnikni ilova emas, iOS rejalashtiradi. Safani ilovalar ro'yxatidan yopsangiz ham, telefonni o'chirib yoqsangiz ham u joyida turaveradi. iOS 26 va undan yuqorisida u tizimning o'z budilnigi: qulflangan ekran ustida to'liq ochiladi. Chalinishidan o'n besh daqiqa oldin sokin eslatma keladi: allaqachon turgan bo'lsangiz, uni oldindan to'xtatasiz. Chiqish yo'li esa doim ochiq: har bir vazifa ekranida o'n soniya bosib turiladigan favqulodda to'xtatish bor. U davomiylikni uzadi, lekin hech qachon yashirilmaydi. QARAMASDAN SANALADIGAN ZIKR Zikr sanagich butun ekranni egallaydi. Har bir teginish — bir dona: u uchib kelib, aylanayotgan sferadagi o'z o'rnini oladi, davra to'lganda esa donalar o'zi tasbehga tiziladi. Qorong'ida sanang (bir rejimda ekran butunlay qorong'i, sanoq esa davom etadi), maqsad qo'ying, butun tarixingiz kunma-kun saqlanadi. BUTUN KUNINGIZ Siz turgan joy uchun namoz vaqtlari va tanlagan har bir namozingizga eslatma. Muslim World League, Umm al-Qura, ISNA va O'zbekiston musulmonlari idorasi usuli — rasmiy taqvim bilan bir xil hisoblanadi. Istalgan vaqtni yarim soatgacha surish mumkin. Haqiqiy shimolga to'g'rilangan qibla kompasi. Bosh sahifada ro'yxat kerak emasmi? Bitta bosishda yashiring. Bularning bari telefonning o'zida hisoblanadi va internetsiz ishlaydi. DAVOMIYLIK O'zingiz uyg'onib, vazifani bajargan har bir tong hisobga o'tadi. Bittasini o'tkazib yuborsangiz yoki favqulodda chiqsangiz, sanoq boshidan boshlanadi. Nishonlar yo'l bo'ylab terilgan — keyingisi ko'rinib turadi. Xohlasangiz, mamlakat yoki dunyo bo'yicha zinadan o'z o'rningizni olasiz. Layk ham, izoh ham, xabar ham yo'q: boshqa odamga yuborishingiz mumkin bo'lgan yagona narsa — bir martalik tayyor duo. MAXFIYLIK Reklama ham, tahlil ham, kuzatuv ham yo'q. Safa sizni suratga olmaydi. Mikrofonni faqat qiroat vazifasi ishlatadi, telefonning o'zida — hech narsa yozib olinmaydi va yuborilmaydi. Koordinatalaringiz telefonda qoladi. Hisob ochmasdan boshlashingiz mumkin; ochgan bo'lsangiz, uni ilovaning o'zidan o'chirasiz. O'Z TILINGIZDA O'zbekcha (kirill va lotin), ruscha va inglizcha. BEPUL Budilnik, oltita vazifa, namoz vaqtlari, qibla, zikr sanagich va davomiylik bepul va shunday qoladi. Qo'llab-quvvatlaganlar Safa Tong oladi: yana to'rtta vazifa, ketma-ket vazifalar, qo'shimcha ovozlar, vidjetlar, zikr maqsadlari va eslatmalari. Oltmish uzluksiz tong ham aynan shuni beradi.
Show more

What's New in Safa

2.0.1

September 30, 2026

Safa 2.0.1. Ro'yxatda kichik, ertalab o'nda katta. TONGGI SO'ROV ENDI HISOBGA O'TADI Soat 10:00 da Safa bomdodga turdingizmi, deb so'raydi. "Ha" javobi endi o'sha tongni davomiylikka qo'shadi — budilnik chalinmagan kunda ham. Bildirishnomaning o'z tugmalari bor: qulflangan ekrandan javob bering, ilova javob bilan ochiladi. Tong allaqachon hisobga o'tgan bo'lsa, savol kelmaydi. iPhone'da Safaning istalgan eslatmasiga bosish endi kerakli ekranni ochadi (oldin bosh sahifaga tushib qolishi mumkin edi). BUDILNIK VA VAZIFALAR - Vazifalar zanjiri "Barakalla" bilan tugaydi, ortiqcha vazifa bilan emas. - Misollar: oson — bir xonali, o'rta — ikki xonali qo'shish va ayirish, qiyin — uchta son; misollar takrorlanmaydi, uch xato misolni almashtiradi. - Matn terish: 36 ta qisqa ruhlantiruvchi gap, tinish belgilarisiz. - Oyat tartibi: ko'proq oyat va uch xatodan keyin ishora. - Kunduzi bajarilgan oddiy budilnik kulrang emas, yorqin quyosh ko'rsatadi. BIRGA - Safani qo'llab-quvvatlash: istalgan summa, minnatdorchilik esa endi har safar keladi. - Kutish ekrani havola orqali qaytganingizda minnatdorchilikni yo'qotmaydi. YANA - Har bir ekrandan, bildirishnomadan ochilganidan ham, orqaga yo'l bor. - Boshi berk sahifalar yo'q: yangilanish sahifasi, qibla va maqola uyga olib chiqadi. - Safa nima yordam berayotganini bilish uchun o'z foydalanish statistikasini yuritadi; Sozlamalar → Maxfiylik dan o'chirib qo'yishingiz mumkin. - Xabarlaringiz asosida o'nlab tuzatishlar. Ertalab beshda nimadir noto'g'ri ketsa, ilovaning o'zidan yozing — biz uchun eng muhim soat hamon o'sha.

More
1

Subscriptions & In-App Purchases

$4.99

Safa Tong Lifetime

Ещё четыре задания, цепочки, звуки, виджеты