
Tahajjud namozi
Eng afzal vaqtni hisoblang
0 ratings
Free
Rating summary
About
Tahajjud — kechasi uxlab turgandan keyin o'qiladigan nafl namoz. Uning eng afzal vaqti kechaning oxirgi uchdan bir qismi. Lekin bu vaqt har kuni o'zgaradi va uni o'zi hisoblash oson emas.
Bu ilova shu ishni siz uchun qiladi.
ENG AFZAL VAQTNI HISOBLASH
Shom va bomdod vaqtini kiritasiz — ilova kechani uchga bo'lib, tahajjudning eng afzal vaqtini aniq ko'rsatadi. Shuningdek shar'iy yarim tun va Dovud alayhissalom namozi oralig'ini ham hisoblaydi.
BUDILNIK
Hisoblangan vaqtga budilnik qo'yasiz — aniq vaqtida yoki 10, 20, 30 daqiqa oldin. Istalgan vaqtni o'zingiz ham tanlashingiz mumkin. iOS 26 va undan yuqorida budilnik ovozsiz rejimni ham yorib o'tadi.
KUNDALIK
Qaysi kechalari tahajjud o'qiganingizni belgilab borasiz. Ketma-ketlik sanaladi, to'liq kalendar orqali istalgan kunni belgilash mumkin.
VIDEO DARSLAR
Tahajjud va nafl namozlar qanday o'qilishi — erkaklar va ayollar uchun alohida video darslar.
SAVOL-JAVOBLAR
Tahajjud qachon o'qiladi, niyati qanday, necha rakat — eng ko'p beriladigan savollarga qisqa javoblar. Internetsiz ham o'qiladi.
LOTIN VA KIRILL
Ilovani istalgan paytda lotin yoki kirill alifbosiga o'tkazasiz.
Ilova hech qanday shaxsiy ma'lumot yig'maydi. Ro'yxatdan o'tish talab qilinmaydi.
Muallimi Soniy — arab tili va Qur'on darslari, noldan boshlab, bepul.
Show more
What's New in Tahajjud namozi
2.0
November 1, 2026



