
Tent Calc: oyna kalkulyator
Oyna hisobi, raskroy, buyurtma
0 ratings
Free
About
Tent Calc oyna chizmasini narxli hisob-kitobga, sexga tayyor raskroy ro'yxatiga va
nazoratdagi buyurtmaga aylantiradi — obyektga o'zingiz bilan olib yuradigan
telefonda, taxminan bir daqiqada.
PVX va alyumin oyna-eshik ishlab chiqaruvchilari uchun.
ISTALGAN KONSTRUKSIYA
• Haqiqiy o'lchamda chizing, impost qo'ying va har bir seksiyani belgilang: glux,
ochiladigan, povorotno-otkidnoy, surma yoki eshik
• Erker va burchakli konstruksiyalar, arka, dekorativ raskladka
• Profil sistemasi va steklopaketni tanlang
NARX DARHOL
• Har bir material o'z prays-listingiz bo'yicha: profil, armatura, shisha, shtapik,
rezina, furnitura, rasxodniklar
• Otxod foizi, yetkazib berish, montaj, podokonnik va doborlar
• Taklif yuborishdan oldin foyda marjasi va xavfsiz skidka chegarasi
• Yakuniy summa so'm va dollarda — o'z kursingiz bo'yicha
SEX UCHUN RASKROY
• Haqiqiy 6 metrli xlistlarga joylashtirilgan raskroy — ostatok va samaradorlik
bilan
• Armatura payvand burchagidagi yo'qotishni hisobga olib kesiladi
• Steklopaketning har bir qatlami bo'yicha shisha o'lchamlari
• PDF ga chiqaring va to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqarishga yuboring
ISHNI BOSHQARING
• Buyurtma statusi, avanslar va qolgan qarz
• Mijozlar, ishchilar va har biriga foiz
• Zamer va montaj jadvali — kun ko'rinishida
• Har bir buyurtma uchun montaj chek-listi
• Statistika: tushum, tannarx, sof foyda va muddati o'tgan qarzlar
INTERNETSIZ ISHLAYDI
Aloqa yo'q podvalda ham o'lchov oling. Hamma narsa telefonda saqlanadi va aloqa
paydo bo'lishi bilan o'zi sinxronlanadi.
AR RULETKA
Proyomni kamera bilan o'lchang — millimetrlar to'g'ridan-to'g'ri buyurtmaga tushadi.
MUHANDISLIK TEKSHIRUVLARI
Shisha buyurtma qilinishidan oldin ogohlantiradi: majburiy zakalka, shamol yuki,
stvorka og'irligi va kengligi chegarasi, evakuatsiya chiqishi, temperatura zazorlari
va qayerda armatura kerakligi.
Tent Calc. Interfeys o'zbek va rus tillarida.
Show more
What's New in Tent Calc
1.0.2
August 7, 2026







