
Usta App
Malakali Ustalar xizmati.
0 ratings
Free
Rating summary
About
Usta — uy va ta'mir ishlari uchun usta topadigan ilova. Santexnikmi, elektrikmi, kafel ustasimi — o'z shahringizdagi ustalarni ko'ring, baholarini o'qing va to'g'ridan-to'g'ri bog'laning.
MIJOZLAR UCHUN
• Viloyat va shahringizni tanlang, 18 ta xizmat turidan keraklisini toping
• Har bir usta profilida: kasblari, shahri, o'rtacha bahosi va mijozlar fikrlari
• Ustaga ilova ichida yozing yoki bir bosishda qo'ng'iroq qiling
• Chatda lokatsiyangizni yuboring — usta manzilni xaritadan ko'radi
• Ish tugagach baho va fikr qoldiring
USTALAR UCHUN
• Bir nechta kasbni belgilang — bilgan har bir yo'nalishingiz bo'yicha mijoz sizni topadi
• "Ishga tayyor" holatini bir tugma bilan yoqing yoki o'chiring
• Mijozlar bilan yozishmalarni bitta joyda ko'ring
• Profil rasmi, telefon va shaharni istalgan vaqtda o'zgartiring
• Reytingingiz mijozlar fikrlaridan avtomatik hisoblanadi
XIZMAT TURLARI
Konditsioner ustasi, santexnik, elektrik, kafel ustasi, molyar va suvoq, MDF ustasi, eshik-rom ustasi, oboi ustasi, atapleniya va tyopli pol, patalok va pol ustasi, tom ustasi, burchat so'kil ustasi, mebel ustasi, beton ustasi, chevar, uy tozalash.
XAVFSIZLIK
• Har qanday foydalanuvchi ustidan shikoyat qilish va uni bloklash mumkin
• Shikoyatlar 24 soat ichida ko'rib chiqiladi
• Haqoratli va nomaqbul kontent qat'iyan taqiqlanadi — qoidabuzarlik aniqlansa akkaunt bloklanadi
• Akkauntingizni va barcha ma'lumotlaringizni istalgan vaqtda ilova ichidan butunlay o'chirishingiz mumkin
Ilova butun O'zbekiston bo'ylab ishlaydi: Toshkent, Samarqand, Farg'ona, Andijon, Namangan, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo, Navoiy, Xorazm va Qoraqalpog'iston.
Eslatma: Usta — mijoz va ustani bog'lovchi platforma. Ish sifati va to'lov bo'yicha kelishuv bevosita tomonlar o'rtasida amalga oshiriladi.
Maxfiylik siyosati:
https://docs.google.com/document/d/14F1W9IuB_tNHYsZS5a-VNeM9sQPKTUjdPFXi7o_aBiM/edit?usp=drivesdk
Foydalanish shartlari:
https://docs.google.com/document/d/16jxap4xMfFCGuRLWe_pWyol7oSpu4WEgW45js7hJtsc/edit?usp=drivesdk
https://docs.google.com/document/d/16jxap4xMfFCGuRLWe_pWyol7oSpu4WEgW45js7hJtsc/edit?usp=drivesdk
Show more
What's New in Usta App
1.3
September 28, 2026




