
Vision School App
Ingliz tili va AI Tutor
0 ratings
Free
Rating summary
About
Vision School — Toshkentdagi online ingliz tili maktabi. Bu ilova o'quvchilarimiz va ingliz tilini noldan boshlayotganlar uchun: har kuni ozgina, lekin muntazam o'rganish.
Ilova interfeysi o'zbek tilida.
BEGINNER (A1) KURSI
• 30 dars, 10 unit: 58 video dars, grammatika va yozma mashqlar, o'qish, darslik audiosi bilan tinglash.
• Har unit oxirida xaritada "Unit yakuni" nuqtasi: unit takrorlashi va haftalik Unit testi; 4 va 7-unitdan keyin oylik test (qisqa yozma ish bilan).
• Yakuniy imtihon: kursni tugatgach topshirasiz, o'tsangiz QR kodli daraja sertifikati olasiz.
• Sertifikat sari yo'l: imtihon oynasida tayyorligingiz foizda va nimani mashq qilish kerakligi ko'rinadi; imtihon ochilgach 3 kunlik tayyorgarlik rejasi beriladi.
NIMALAR BOR
• AI Tutor — tushunmagan joyingizni yozib so'raysiz, u tushuntiradi; xato qilsangiz sababini aytadi va sizga moslashgan mashq beradi.
• Moslashuvchi mashqlar — xato qilgan mavzularingiz bo'yicha mashq va xatolar daftari.
• So'zlar — 8 qadamli o'rganish va takrorlash jadvali: so'z o'z vaqtida qaytib keladi va esda qoladi. So'zni eshitib ko'rish mumkin.
• Kunlik yo'nalish — bosh sahifa bugun nimadan boshlashni aytadi.
• Ball va reyting — haftalik reyting va oyning bitiruvchilari.
• Daraja testi va shaxsiy reja.
• Eslatmalar — o'zingiz tanlagan vaqtda.
• Suhbatlar — Vision School jamoasi bilan yozishma.
• Bildirishnoma — maktab yangiliklari.
KEYINGI DARAJALAR
Elementary (A2), Pre-Intermediate (B1) va Intermediate (B1+) darslari ham ilovada — mashqlar bilan.
Hisobingizni istalgan vaqtda ilovaning o'zida o'chirishingiz mumkin: Profil → Sozlamalar → Hisobni boshqarish.
Show more
+1
What's New in Vision School App
1.5.0
October 22, 2026
• Ilova yangilanishlarni endi o'zi va tezroq oladi - yangi imkoniyatlar ochishingiz bilan paydo bo'ladi. • Speaking: Ustoz bilan kundalik suhbat va ovozli mashqlar. • IELTS o'quvchilari uchun AI Mentor: kunlik reja, Writing tekshiruvi va maslahatlar. • Tezroq ochilish va ko'plab kichik tuzatishlar.
More






