
YHQ 2026: Prava Ol, Avtotest
Yo'l harakati qoidalari test
0 ratings
Free
In-App Purchases
Rating summary
About
Yo‘l harakati qoidalarining rasmiy matni, 297 belgi, 47 chiziq va 738 savol — bitta ilovada, internetsiz.
Hamma narsa birlamchi manbadan olingan: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks. Qayta yozilmagan, qisqartirilmagan — rasmiy matn.
NAZARIYA
• Qoidalarning butun matni — 30 bob, 191 band, tahrirlar tarixi bilan
• 297 belgi — 7 rasmiy guruhga ajratilgan, har biri chizma, istalgan hajmda aniq
• 47 chiziq — gorizontal va vertikal
• 77 rasmiy atamaning izohi
• 33 modda, 69 jarima bandi
• 53 texnik nosozlik — avtomobilni haydash taqiqlanadigan hollar
• Xavfli yuklar sinflari
• Birinchi tibbiy yordam
Jarimalar aniq summa emas, BHM asosida hisoblanadi. BHM yangilansa, Sozlamalarda bitta raqamni almashtirasiz — barcha summalar avtomatik qayta hisoblanadi.
MASHQ
• 36 bilet — har birida 20 savol
• 22 mavzu testi — faqat kerakli mavzuni mashq qilasiz
• Marafon — barcha savollar ketma-ket
• Xatolar ustida ishlash — faqat adashgan savollaringiz
• Takrorlash navbati — xato qilingan savol bir soatdan keyin, bilib olgani bir haftadan keyin qaytadi
• Saqlanganlar — muhim savol, band va belgilarni saqlaysiz
IMTIHON
Rasmiy format: 20 savol, 25 daqiqa, 2 xatogacha. Vaqt orqaga sanaladi, uchinchi xatoda imtihon tugaydi. Yakunda har bir savolning tahlili va u tekshirgan band beriladi.
PROFIL
Aniqlik foizi, qamrov, 30 kunlik faollik, eng zaif mavzular, barcha urinishlar tarixi va saqlaganlaringiz.
TANISHUV
Birinchi ishga tushirishda bir necha savol beriladi — tajribangiz va imtihon muddatingizga qarab shaxsiy reja tuziladi.
IKKALA ALIFBO
Lotin va kirill bir tegishda almashadi. Izlash apostrof shakllarini ajratmaydi — yol deb yozsangiz ham, rasmiy yozuvdagi yo‘l topiladi.
INTERNETSIZ
Hamma narsa qurilmada saqlanadi. Registratsiya talab qilinmaydi, hisob kerak emas, reklama berilmaydi. Avtomaktabda, metroda, aloqa tutmaydigan joyda ham ishlaydi.
PRO
Qoidalar matni, 297 belgi, chiziqlar, atamalar, jarimalar va butun nazariya Pro talab qilmaydi. Pro biletlarni, imtihon simulyatorini, cheksiz mashqni, xatolar ustida ishlashni va batafsil statistikani ochadi. Obuna emas.
MANBA
Qoidalar, belgilar va chiziqlar: https://lex.uz/docs/-5953883
Jarimalar: https://lex.uz/docs/-97664
Savollar rasmiy imtihon banki emas — qoidalar matni asosida yozilgan mashq materiali. Har bir savol tekshiradigan bandga ishora qiladi, shuning uchun javobni qoidalar matnidan tekshirib olasiz. Rasmiy imtihonda savollar boshqacha ifodalanishi mumkin.
HUJJATLAR
Foydalanish shartlari: https://oson-yhq.web.app/eula
Maxfiylik siyosati: https://oson-yhq.web.app/privacy
Show more
+1
What's New in YHQ 2026
1.0
September 21, 2026
1
In-App Purchases
$6.99
Pro: biletlar va imtihon
36 bilet, imtihon simulyatori, statistika.





