Formula: ozish va semirmaslik

Formula: ozish va semirmaslik

Diyetasiz, qayta semirmaslik

0 ratings
Free

Rating summary

Details

Released
July 2, 2026
Updated
November 17, 2026

Features

Formula: ozish va semirmaslik screenshot #1 for iPhone
Formula: ozish va semirmaslik screenshot #2 for iPhone
Formula: ozish va semirmaslik screenshot #3 for iPhone
Formula: ozish va semirmaslik screenshot #4 for iPhone
Formula: ozish va semirmaslik screenshot #5 for iPhone
Formula: ozish va semirmaslik screenshot #6 for iPhone
Formula: ozish va semirmaslik screenshot #7 for iPhone
iphone
ipad
🖼️Get Icon
Icons↘︎

About

Diyetada ozish mumkin, qiyini - qayta semirmaslik. Formula diyeta emas: ilova ovqatlanish odatingizni asta-sekin o'zgartiradi. Odat o'zgarsa, vazn qaytmaydi. NEGA VAZN QAYTADI Diyetada odam ozadi, lekin diyeta tugagach eski odat qaytadi - vazn ham qaytadi. Formula nimani, qancha va nega yeyishni o'rgatadi. Osh ham, non ham mumkin. Och qolmaysiz, taqiqlar ro'yxati yo'q. DOKTOR FERUZ KIM Doktor Feruz - shifokor, 4 yildan beri sog'lom ozishni o'rgatadi. Uning "Ongli Ozish" kursida 4 yilda 13 396 kishi qatnashgan. Metod dori, detoks va och qolishsiz ishlaydi. Formula - shu metodning ilova ko'rinishi. ILOVADA NIMA BOR - Qisqa darslar: Doktor Feruz oddiy tilda tushuntiradi - ozish uchun nima qilish kerak va nega. - Har kuni kichik vazifa: bajarish juda oson. - Ordinator: AI yordamchi. Ovqat va odat haqidagi savolingizga kechasi ham o'zbekcha javob beradi. - AI-kamera: ovqatni rasmga oling, ilova kaloriya, oqsil, yog' va uglevodni taxminan hisoblaydi. - Vazn grafigi: natijangiz hafta, oy va yil kesimida ko'rinib turadi. - Qadamlar: Apple Health bilan ulanadi (faqat qadamlar o'qiladi). KIMLAR UCHUN Avval ozib, keyin qayta semirganlar. Diyeta va parhezdan charchaganlar. Sog'lom ozish uchun oddiy va tushunarli yo'l izlayotganlar. Formula bilan sog'lom ozishni bugundan boshlang. MUHIM Formula tibbiy qurilma emas: kasallikka tashxis qo'ymaydi, uni davolamaydi va oldini olmaydi. Homiladorlik yoki emizish davrida, qandli diabet, yurak, buyrak, qalqonsimon bez kasalliklari, ovqatlanish buzilishlari bo'lsa yoki doimiy dori ichsangiz, avval shifokoringiz bilan maslahatlashing. Kaloriya qiymatlari taxminiy. Natijalar har kimda har xil bo'ladi. Ilova 18 yoshdan kattalar uchun.
Show more
+1

What's New in Formula

1.0.19

November 17, 2026

Yangi boshlang’ich bosqich. Ro’yxatdan o’tish va savollar qaytadan ishlab chiqildi. Oxirida shaxsiy rejangiz ko’rsatiladi, to’xtagan joyingizdan davom etasiz. Ordinator yangilandi. Endi u darslaringiz, kaloriya zonalaringiz, ovqat, suv va qadam yozuvlaringizga tayanib aniqroq maslahat beradi. Javob yozilayotgan paytdayoq ko’rinadi, internet uzilsa «Qayta yuborish» tugmasi chiqadi. Yangi ochilish animatsiyasi va asosiy tugmalarda yengil tebranish. Reja: tug’ilgan sana yoki faollik darajasi yetishmasa, ilova uni so’raydi. Reja tayyorlanayotganda bosh sahifa buni ko’rsatadi. Darslar: bosh sahifada bajarilgan topshiriqdan keyin keyingi dars to’g’ri ochiladi. Qadamlar: ma’lumot bo’lmasa «0 qadam» va qayerni tekshirish kerakligi ko’rsatiladi. Ovqat kundaligi: haftalik grafik kunlik kaloriya rejangizga nisbatan chiziladi. Oynalar, kirill yozuvidagi matnlar va VoiceOver yordami yaxshilandi, kichik xatolar tuzatildi.

More

Developer apps