
Free
Rating summary
About
Kafel Baraka — kafel va keramogranit do'konining mobil ilovasi. Katalog, narxlar va buyurtma bir joyda.
Ilova orqali siz:
• Kafel, keramogranit va zina pog'onalarini ishlab chiqaruvchi, o'lcham va yuza turi bo'yicha ko'rasiz.
• Narxni m² hisobida ko'rasiz: qutida necha dona va necha m² borligi, quti narxi va og'irligi yoziladi.
• Kafel kalkulyatori: pol, devor yoki zina o'lchamini kiriting — kerakli dona, quti va m² hamda yelim va zatirka miqdori hisoblanadi.
• Savatda miqdor butun dona va qutiga moslanadi, buyurtmaning umumiy og'irligi ko'rinadi.
• Buyurtma berasiz: do'kondan olib ketish yoki yetkazib berish, manzilni xaritada belgilash, naqd yoki karta orqali to'lov.
• Mijoz kabinetiga do'konda berilgan ID bilan kirib, xaridlar va hisob-kitobingizni ko'rasiz.
Kafel Baraka — sifatli kafelni qulay va ishonchli xarid qiling.
Show more
What's New in Kafel
1.2.1
October 29, 2026
Mahsulot kartochkalari soddalashtirildi: • Kod yonida o'lcham va sirt, pastida narx va ombordagi qoldiq (m² va dona) • Bir quti narxi va dollar narxining so'mdagi qiymati — mahsulot sahifasida
More




