
Free
Rating summary
About
Kiddos — do'konlar uchun bolalar oyoq kiyimlarini optom xarid qilish ilovasi. Mahsulotlar korobkalab sotiladi: har korobkada bir necha juft, turli o'lchamlarda.
Ilova orqali siz:
• Bolalar poyabzallari katalogini ko'rasiz — modellar, ranglar va o'lchamlar.
• Har model uchun juft narxi va korobka narxini, korobkada necha juft va qaysi o'lchamlar borligini ko'rasiz.
• Model raqami, rang yoki o'lcham bo'yicha qidirasiz, filtr va saralashdan foydalanasiz.
• Buyurtma berasiz: kuryer orqali yetkazib berish yoki do'kondan olib ketish, manzilni xaritada belgilash, naqd yoki karta orqali to'lov.
• "Buyurtmalar" bo'limida buyurtmalaringiz holatini kuzatasiz.
• "Kabinet"da xaridlar, to'lovlar va hisob qoldig'ini ko'rasiz.
Katalog hamkor do'konlar uchun: kirish uchun do'kon bergan mijoz ID kerak. ID olish uchun ilovadagi Telegram yoki telefon orqali biz bilan bog'laning.
Kiddos — sifatli va zamonaviy bolalar oyoq kiyimlari. Har bir qadam — sog'lom kelajak.
Show more
What's New in Kiddos Uzbekistan
1.0.0
October 27, 2026





