Servismenu

Servismenu

by Sanjar Jabborov

0 ratings
Free

Rating summary

Details

  • Released
  • Updated
  • September 5, 2026
  • September 17, 2026
Servismenu screenshot #1 for iPhone
Servismenu screenshot #2 for iPhone
Servismenu screenshot #3 for iPhone
Servismenu screenshot #4 for iPhone
Servismenu screenshot #5 for iPhone
Servismenu screenshot #6 for iPhone
🖼️Get Icon
Icons↘︎

About

Servismenu — restoran va kafe xodimlari uchun ilova. Mehmon stoldagi QR kod orqali menyuni ochadi, o'zi buyurtma beradi va baho qoldiradi. Ofitsiant, menejer va egasi hammasini shu ilovada ko'radi. MEHMON CHAQIRSA — TELEFON JIRINGLAYDI Chaqiruv kirayotgan qo'ng'iroqdek keladi: telefon jiringlaydi, butun ekranda stol raqami chiqadi. Ilova yopiq va ekran qulflangan bo'lsa ham ishlaydi. Kimga borishini server hal qiladi: mijoz oldida turgan ofitsiant bezovta qilinmaydi, javob berilmasa chaqiruv qolganlarga o'tadi. BUTUN ZAL BITTA EKRANDA Qaysi stol kutyapti, nima tayyorlanyapti, nima berishga tayyor. Har buyurtma necha daqiqa turgani ko'rinadi, kechikkanlari ajratib ko'rsatiladi. MEHMON O'ZI AYTADI Baho, ovozli izoh, rasm va video — xodim orqali o'tmasdan to'g'ridan-to'g'ri egasiga. Dalilni ilovaning ichida eshitish va ko'rish mumkin. TIZIM O'ZI XULOSA CHIQARADI «3 ta chaqiruvga hech kim bormadi», «norozilik 73% ga ko'paydi», «tushum 18% ga kamaydi» — raqam emas, sabab. Egasi muammoni xodim aytishini kutmasdan biladi. KIM QANCHA VAQTDA JAVOB BERDI Har ofitsiant bo'yicha javob tezligi va javobsiz qolgan chaqiruvlar. Bu raqamlar xodim qo'lidan o'tmaydi, shuning uchun ularni bo'yab bo'lmaydi. MENYU — TELEFONDAN Narx o'zgarsa kompyuter oldiga o'tirish shart emas: taom, bo'lim va narxlar to'g'ridan-to'g'ri ilovada tahrirlanadi. ROLGA QARAB Egasi — hisobotlar, tannarx va foyda, xodimlar, sozlamalar. Menejer — zal, chaqiruvlar, menyu, baholar. Ofitsiant — zal va chaqiruvlar. Kirish uchun restoran kodi, login va parol kerak — ularni restoran egasi beradi. Ilova ichida ro'yxatdan o'tish yo'q. Maxfiylik siyosati: https://startup.shaxzoddev.uz/maxfiylik
Show more

What's New in Servismenu

1.2.0

September 17, 2026

• Ilova endi 4 tilda: o'zbek (lotin va kirill), rus, ingliz. • Menyu dizaynini ilovaning o'zidan tanlash — 4 ta ko'rinish. • Web paneldagi hamma narsa ilovada: taom rasmi, menyuni tarjima qilish va rasmdan yuklash, QR varaqasi va stend chop etish, yangi filial, parolni almashtirish. • Bo'sh stolga chaqiruv kelsa «Stolni olaman — boryapman» tugmasi chiqadi. • «Internet yo'q» chizig'i tuzatildi: aloqa qaytgach o'zi yo'qoladi va menyu qayta yuklanadi.

More

Developer apps