Mobirex vs Genix ERP
Price, ratings, monetisation and update history for both apps, side by side ā with what reviewers say about each.
Mobirex
Read full descriptionHide full description
Mobirex ā O'zbekistondagi telefon do'konlari uchun maxsus yaratilgan CRM/ERP tizimi. NIMA UCHUN KERAK Ko'p do'konlarda savdo va qarz daftar, Excel yoki Telegram orqali yuritiladi. Natijada: kim nima sotdi noaniq, qaysi filialda qancha pul qoldi bilinmaydi, qarzlar chalkashadi, oy oxirida foyda hisoblanmaydi. Mobirex shu ishni tartibga soladi. MAHALLIY DO'KON ISHIGA MOSLANGAN Bu umumiy ombor dasturi emas. Tizim aynan O'zbekiston telefon do'konlarining ish uslubiga qurilgan: - Mijoz qarzi ā do'konlarimizda odat bo'lgan "biz berdik / biz oldik" yo'nalishi bilan - To'lanmagan qarz oy yopilganda keyingi oyga o'zi ko'chadi, qoldiq bilan - Har oy avtomatik yopiladi: sotilmagan telefon keyingi oyga o'tadi, o'tgan oy hisoboti muzlatiladi va boshqa o'zgarmaydi - Kapital oyiga bir marta tikiladi, aylanma pul har amaldan keyin o'zi qayta hisoblanadi - Har bir filial alohida yuritiladi, xodim faqat o'z filialini ko'radi - Barcha interfeys o'zbek tilida ROLLAR Do'kon egasi ā barcha filial va xodimlarni bir joydan ko'radi Sotuvchi ā o'z filialidagi savdo, qarz va harajat bilan ishlaydi IMKONIYATLAR - Telefon savdosi: qo'shish, sotish, qaytarish, foyda hisobi - Sotilmagan telefonlar: oy bo'yicha filtr bilan - Qarzlar: berilgan va olingan, qisman to'lov va to'lov tarixi bilan - Harajatlar: kunlik harajatlarni qayd etish - Oylik: xodimlarga berilgan maoshni yozib borish - Kapital: tikilgan mablag' va aylanma pul nazorati - Hisobot: oylik tushum, foyda, harajat va sof foyda - Audit jurnali: kim, qachon, qaysi amalni bajargani yozib boriladi - O'chirilganlar: o'chirilgan yozuvlar yo'qolmaydi, alohida ekranda ko'rinadi HISOB OCHISH Ommaviy ro'yxatdan o'tish yo'q ā har bir hisob aniq do'konga, uning filiallari va xodimlariga bog'lanadi. Hisob ochish uchun kirish sahifasidagi "Bog'lanish" orqali telefon raqamingizni qoldiring, biz siz bilan bog'lanamiz. Yordam: https://mobirex.uz/support Maxfiylik siyosati: https://mobirex.uz/privacy Hisobni o'chirish: https://mobirex.uz/account-deletion
Genix ERP
Read full descriptionHide full description
Genix ERP ā kompaniyangizni telefondan boshqarish imkonini beruvchi zamonaviy biznes tizimi. Ombor qoldig'idan tortib qurilish obyektida bajarilgan ishlargacha ā barchasi bitta ilovada va real vaqtda. BITTA ILOVA ā 16+ MODUL ⢠Moliya ā kassa, bank, xarajatlar, byudjet va moliyaviy hisobotlar ⢠Ombor ā qoldiqlar, kirim-chiqim, inventarizatsiya, ombor analitikasi ⢠Xarid ā ta'minotchilar, buyurtmalar, qabul qilish va to'lovlar ⢠Sotuv ā mijoz buyurtmalari, hisob-fakturalar, chegirma va soliqlar ⢠Ishlab chiqarish ā ishlab chiqarish buyurtmalari, xomashyo va tannarx ⢠Qurilish ā smeta, Forma-2, bosqichlar, resurslar, prorab va texnadzor nazorati ⢠CRM ā mijozlar bazasi, bitimlar va savdo voronkasi ⢠HR va Ish haqi ā xodimlar, lavozimlar, davomat, oylik hisob-kitobi ⢠Loyihalar ā vazifalar, muddatlar va byudjet nazorati ⢠Aktivlar ā asosiy vositalar va amortizatsiya ⢠Xarajatlar ā xarajat hisoboti va tasdiqlash jarayoni ⢠Shartnomalar ā shartnomalar va ularning bajarilishi ⢠Yuk tashish ā yetkazib berish va logistika ⢠Ish jarayonlari ā tasdiqlash zanjirlari va avtomatlashtirish ⢠Skaner ā shtrix-kod orqali tovarni bir soniyada topish SUN'IY INTELLEKT YORDAMCHISI Genix'da AI shunchaki qo'shimcha emas ā u kundalik ishingizni tezlashtiradi: ⢠Ma'lumotni oddiy matn orqali kiriting, tizim uni to'g'ri hujjatga aylantiradi ⢠"Bu oy sotuv qancha?" deb so'rang ā javobni raqamlar bilan oling ⢠AI analitika sotuv va zaxira bo'yicha prognoz beradi ⢠Ta'minot zanjirini optimallashtirish bo'yicha tavsiyalar NEGA GENIX? ⢠Bir necha kompaniya ā barcha biznesingizni bitta akkauntdan boshqaring ⢠Rollar va ruxsatlar ā har bir xodim faqat o'ziga tegishli ma'lumotni ko'radi ⢠Bildirishnomalar ā muhim voqealardan darhol xabardor bo'ling ⢠Xavfsizlik ā PIN-kod, Face ID va barmoq izi bilan himoya ⢠3 tilda ishlaydi ā o'zbek, rus va ingliz ⢠Qorong'i va yorug' rejim ā ko'zingizga qulay interfeys ⢠Bosh ekranni o'zingizga moslang ā kerakli modullarni oldinga chiqaring KIMLAR UCHUN? ⢠Savdo va distribyutsiya kompaniyalari ā ombor va sotuvni bir joyda ⢠Qurilish tashkilotlari ā smeta, bajarilgan ish va obyekt nazorati ⢠Ishlab chiqarish korxonalari ā xomashyo, tannarx va ishlab chiqarish rejasi ⢠Xizmat ko'rsatuvchi va loyiha asosida ishlaydigan bizneslar ⢠Bir nechta yo'nalishda faoliyat yurituvchi holdinglar TARIFLAR ⢠Starter ā 10 tagacha foydalanuvchi, bitta kompaniya ⢠Professional ā 50 tagacha foydalanuvchi, 3 ta kompaniya, AI analitika va avtomatlashtirilgan ish jarayonlari ⢠Enterprise ā cheksiz foydalanuvchi va kompaniya, to'liq AI to'plami, shaxsiy menejer va premium qo'llab-quvvatlash BOSHLASH JUDA OSON Ro'yxatdan o'ting, kompaniyangizni yarating va xodimlaringizni taklif qiling ā hammasi ilovaning o'zida. Server o'rnatish, uzoq joriy etish jarayoni yoki dasturchi kerak emas. Bugun ro'yxatdan o'tib, bugunoq ishlashni boshlaysiz. Genix ERP ā biznesingiz haqidagi barcha raqamlar bitta joyda, siz esa qaror qabul qilishga vaqt topasiz.
Screenshots
Verdict
The clearest difference is update cadence: Genix ERP at every 5 days against Mobirex's fortnightly. On price, ads, in-app purchases and device support there is nothing between them.
Scored on Price Ā· Rating Ā· Positive reviews Ā· Number of ratings Ā· Update frequency Ā· Ads Ā· In-app purchases Ā· Monetization Ā· Best chart rank Ā· Devices Ā· Requires iOS
Both are free to download. Neither carries in-app purchases, so what you see is what you pay.
Mobirex ships an update fortnightly, Genix ERP every 5 days. The most recent releases landed on October 25, 2026 and October 24, 2026 respectively.
| Parameter | Mobirex | Genix ERP |
|---|---|---|
| Price | Free | Free |
| Update frequency | Fortnightly | Every 5 days ā better |
| Ads | No | No |
| In-app purchases | No | No |
| Devices | iPhone, iPod | iPhone, iPod |
| Requires iOS | 15.6 | 15.0 ā better |
| Further details ā not scored | ||
| Size | 27 MB | 98 MB |
| Age rating | 4+ | 4+ |
| Developer | Zokhidillo Turgunov | TOWN PROPERTY MANAGEMENT SOLUTIONS, MCHJ |
In-app purchases
Mobirex
No in-app purchases
Genix ERP
No in-app purchases









