Mobirex

Mobirex

CRM for phone & accessory shop

0 ratings
Free

Rating summary

Details

Released
August 17, 2026
Updated
September 10, 2026

Features

Mobirex screenshot #1 for iPhone
Mobirex screenshot #2 for iPhone
Mobirex screenshot #3 for iPhone
Mobirex screenshot #4 for iPhone
Mobirex screenshot #5 for iPhone
Mobirex screenshot #6 for iPhone
🖼️Get Icon
Icons↘︎

About

Mobirex — O'zbekistondagi telefon do'konlari uchun maxsus yaratilgan CRM/ERP tizimi. NIMA UCHUN KERAK Ko'p do'konlarda savdo va qarz daftar, Excel yoki Telegram orqali yuritiladi. Natijada: kim nima sotdi noaniq, qaysi filialda qancha pul qoldi bilinmaydi, qarzlar chalkashadi, oy oxirida foyda hisoblanmaydi. Mobirex shu ishni tartibga soladi. MAHALLIY DO'KON ISHIGA MOSLANGAN Bu umumiy ombor dasturi emas. Tizim aynan O'zbekiston telefon do'konlarining ish uslubiga qurilgan: - Mijoz qarzi — do'konlarimizda odat bo'lgan "biz berdik / biz oldik" yo'nalishi bilan - To'lanmagan qarz oy yopilganda keyingi oyga o'zi ko'chadi, qoldiq bilan - Har oy avtomatik yopiladi: sotilmagan telefon keyingi oyga o'tadi, o'tgan oy hisoboti muzlatiladi va boshqa o'zgarmaydi - Kapital oyiga bir marta tikiladi, aylanma pul har amaldan keyin o'zi qayta hisoblanadi - Har bir filial alohida yuritiladi, xodim faqat o'z filialini ko'radi - Barcha interfeys o'zbek tilida ROLLAR Do'kon egasi — barcha filial va xodimlarni bir joydan ko'radi Sotuvchi — o'z filialidagi savdo, qarz va harajat bilan ishlaydi IMKONIYATLAR - Telefon savdosi: qo'shish, sotish, qaytarish, foyda hisobi - Sotilmagan telefonlar: oy bo'yicha filtr bilan - Qarzlar: berilgan va olingan, qisman to'lov va to'lov tarixi bilan - Harajatlar: kunlik harajatlarni qayd etish - Oylik: xodimlarga berilgan maoshni yozib borish - Kapital: tikilgan mablag' va aylanma pul nazorati - Hisobot: oylik tushum, foyda, harajat va sof foyda - Audit jurnali: kim, qachon, qaysi amalni bajargani yozib boriladi - O'chirilganlar: o'chirilgan yozuvlar yo'qolmaydi, alohida ekranda ko'rinadi HISOB OCHISH Ommaviy ro'yxatdan o'tish yo'q — har bir hisob aniq do'konga, uning filiallari va xodimlariga bog'lanadi. Hisob ochish uchun kirish sahifasidagi "Bog'lanish" orqali telefon raqamingizni qoldiring, biz siz bilan bog'lanamiz. Yordam: https://mobirex.uz/support Maxfiylik siyosati: https://mobirex.uz/privacy Hisobni o'chirish: https://mobirex.uz/account-deletion
Show more

What's New in Mobirex

1.5.0

September 10, 2026

Yangi imkoniyatlar: - Face ID va barmoq izi bilan tez kirish - PIN kod endi majburiy — ma'lumotlaringiz ishonchli himoyada - Bir marta kirsangiz, 30 kun qayta login so'ralmaydi - Qarz muddati kelgan kuni eslatma keladi - E'lonlar bo'limi qo'shildi - Telefon kartalarida tannarx, foyda va qo'shimcha ma'lumotlar Tuzatishlar: - Summani vergul bilan kiritish (1,5) endi ishlaydi - Turli kichik xatoliklar bartaraf etildi

More