Bell Hamyon

Bell Hamyon

by Ramzxon Maxmudov

0 ratings
Free

Rating summary

Details

  • Released
  • Updated
  • August 12, 2026
  • August 12, 2026

Features

Bell Hamyon screenshot #1 for iPhone
Bell Hamyon screenshot #2 for iPhone
Bell Hamyon screenshot #3 for iPhone
Bell Hamyon screenshot #4 for iPhone
Bell Hamyon screenshot #5 for iPhone
🖼️Get Icon
Icons↘︎

About

Bell Hamyon — pulingizni nazoratga oladigan shaxsiy moliya ilovasi. Naqd pul, karta va jamg'armani bitta joyda yuritasiz, oy oxirida pul qayerga ketganini aniq ko'rasiz. Ma'lumotlaringiz FAQAT SIZGA ko'rinadi — rahbar ham, hamkasb ham ko'rmaydi. OVOZ BILAN YOZISH (AI) Eng tez usul: telefonga gapiring. • «Bugun taksiga 15 ming, tushlikka 40 ming ishlatdim» • «Oylik keldi 5 million» • «Do'kondan 120 ming so'mlik mahsulot oldim» AI summani, kategoriyani va kirim/chiqimni o'zi aniqlab yozib qo'yadi. Yozib kiritishni xohlasangiz — «50000 taksi» deb yozsangiz ham bo'ladi. BALANS VA HISOBLAR • Naqd, karta, jamg'arma — cheksiz hisob • Umumiy balans har amaldan keyin darhol yangilanadi • Hisoblar orasida o'tkazma KIRIM-CHIQIM • Kunlar bo'yicha tartiblangan amallar tarixi • Kategoriya va pod-kategoriyalar (masalan: Kommunal → gaz, elektr, suv) • Izoh, sana va hisobni tahrirlash; o'chirilganda balans qaytariladi BYUDJET • Har bir kategoriyaga oylik chegara • Yashil–sariq–qizil ko'rsatkich: chegaraga yaqinlashsangiz ko'rinadi • Pod-kategoriya sarfi otasiga qo'shilib hisoblanadi QARZLAR • «Qarz berdim» va «qarz oldim» — kim, qancha, qachongacha • Qisman yoki to'liq qaytarish, qoldiq avtomatik hisoblanadi • Muddati o'tgan qarzlar ajratib ko'rsatiladi • Telefon kontaktlaridan ismni tanlash mumkin • Qarz harakatlari balansga ta'sir qiladi, lekin oylik kirim/chiqim statistikasini buzmaydi MAQSADLAR • «Yangi telefon uchun 5 mln» kabi jamg'arma maqsadlari • To'plangan foiz va qolgan summa ko'rinib turadi HISOBOT • Chiqimlar pirogi: kategoriyani bosib ichini ko'rasiz • Oxirgi 6 oy kirim/chiqim trendi • Oylik kirim va chiqim yakuni QURILMA IMKONIYATLARI Mikrofon — ovoz bilan amal kiritish uchun. Kontaktlar — qarz yozayotganda ismni tanlash uchun (ixtiyoriy). Ruxsat faqat shu amalni o'zingiz boshlaganda so'raladi.
Show more

What's New in Bell Hamyon

1.0

August 12, 2026

Developer apps