
Sanoqchi
sanoqchi
0 ratings
Free
About
Sanoqchi — do'koningiz uchun zamonaviy qarz daftari.
Qog'oz daftar yo'qoladi, yozuvlar chalkashadi, "keyin to'layman" esa unutiladi. Sanoqchi bilan har bir qarz va har bir to'lov qo'lingizda: kim qancha qarzdor, qachon to'lashi kerak, bugun kimdan pul olish kerak — hammasi bir qarashda ko'rinadi.
NIMALAR QILA OLASIZ
• Qarzdorlar ro'yxati — har bir mijoz bo'yicha joriy qarz, jami berilgan va jami to'langan summalar, to'liq amaliyotlar tarixi
• To'lov muddati — muddati o'tgan qarzlar alohida ko'rsatiladi, bugun olinishi kerak bo'lgan pullar bosh sahifada
• SMS eslatmalar — mijozga qarzi va to'lov muddati haqida SMS yuboring, qarzni eslatish uchun qo'ng'iroq qilish shart emas
• Amallar tarixi — kim, qachon, qancha: har bir amal vaqti va xodim nomi bilan qayd etiladi
• Xodimlar — sotuvchilaringizga alohida kirish bering, har bir yozuvni kim kiritgani ko'rinib turadi
• Ta'minotchilar — faqat mijozlar emas, mol beruvchilar bilan hisob-kitobni ham bitta ilovada yuriting
• Ma'lumotlar bulutda — telefon yo'qolsa yoki almashsa ham daftaringiz saqlanadi, istalgan qurilmadan kiring
• Ma'lumotlarni zaxiralash va tiklash
• Yorug' va tungi (dark) rejim
• Bildirishnomalar — muhim o'zgarishlar haqida xabardor bo'ling
KIMLAR UCHUN
Oziq-ovqat do'konlari, minimarketlar, xo'jalik mollari, qurilish mollari, kiyim-kechak, dorixonalar, ulgurji savdo — nasiya bilan ishlaydigan har qanday savdo nuqtasi uchun.
NEGA SANOQCHI?
• Sodda: daftarga yozgandek oson, ortiqcha tugmalar yo'q
• Ishonchli: ma'lumotlar shifrlangan holda serverda saqlanadi
• Tezkor: mijozni qidirish, qarz qo'shish yoki to'lov qabul qilish bir necha soniya
• O'zbek tilida va O'zbekiston uchun yaratilgan
PRO TARIF
Bepul versiyada asosiy imkoniyatlar ochiq. PRO tarifda esa: cheklovsiz mijozlar, SMS xabarnomalar, xodimlar, ta'minotchilar va boshqa qo'shimcha imkoniyatlar. To'lov Click orqali ilovaning o'zida.
Savol va takliflar: yarashev.work@gmail.com
Show more
What's New in Sanoqchi
1.0.2
July 27, 2026
Bugs were fixed



