
Free
About
Fresh Express — oziq-ovqat va kundalik mahsulotlarni telefoningizdan buyurtma qilish uchun ilova. Katalogdan tanlang, savatga soling, manzilni xaritada belgilang — qolganini kuryer bajaradi.
NIMA QILA OLASIZ
• Katalog. Meva-sabzavot, non va bakaleya, sut mahsulotlari, ichimliklar, go'zallik va gigiyena hamda boshqa bo'limlar. Har bir mahsulotda narx, qadoq va og'irlik ko'rsatilgan.
• Qidiruv. Nomi bo'yicha izlang yoki kategoriya ichida ko'rib chiqing.
• Ovozli buyurtma. Fresh AI ga oddiy gap bilan ayting — "menga bir kilo pomidor va non kerak" — ilova mahsulotlarni katalogdan topib savatga qo'shadi. O'zbek, rus va ingliz tillarida tushunadi.
• Savat va to'lov. Naqd pul, bank kartasi, Click, Payme yoki Uzum orqali to'lang. Yetkazib berish narxi va umumiy summa savatda ochiq ko'rinadi.
• Manzil. Yetkazib berish nuqtasini xaritada belgilang. Saqlangan manzillar keyingi buyurtmada bir bosishda tanlanadi.
• Kuzatuv. Buyurtma holati bosqichma-bosqich ko'rinadi. Kuryer yo'lga chiqqach uni xaritada kuzatasiz va taxminiy yetib kelish vaqtini ko'rasiz.
• Cashback. Xaridlardan cashback yig'iladi va keyingi buyurtmada ishlatiladi.
• Sevimlilar va sharhlar. Tez-tez oladigan mahsulotlaringizni belgilab qo'ying. Boshqalarning sharhlarini o'qing, o'zingiznikini qoldiring.
• Bildirishnomalar. Buyurtma holati o'zgarganda xabar keladi.
KIRISH
Telefon raqamingiz va SMS orqali keladigan kod bilan. Parol o'ylab topish shart emas.
TIL
Ilova o'zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi — istalgan vaqtda sozlamalardan almashtiriladi.
Show more
What's New in Fresh Express Restaurant
1.0.0
September 10, 2026




